21:39 / 31.01.2019
7 326

Avval harakat so‘ng duo

Avval harakat so‘ng duo
Ota va o‘g‘il baliq tutish uchun ko‘lga borib chodir tikladilar. Tongda ko‘lga qarmoq tashlab chodirga qaytardilar. Bir soatlardan so‘ng ko‘lga qaytib, to‘rni tortib ko‘rishdi va 4-5 baliq ilinganini ko‘rib mamnun bo‘lishdi.

Bola otasiga:
- Dadajon, men to‘rga baliqlar ilinishini bilgan edim, - dedi.
- Qayerdan bilding? - deya so‘radi ota.

Bolaning nigohlari chaqnab shunday dedi:
– To‘rimizga baliq ilinishini so‘rab Allohga duo qildim. Shuning uchun ham bilgandim! Baliqlarni idishga solib, yana ko‘lga to‘r tashladilar va ovni pishirib yeyish uchun chodirga qaytdilar. Ovqatdan so‘ng yana to‘rni ko‘zdan kechirib unda tipirchilayotgan baliqlarni ko‘rib sevinishdi.

Bola yana o‘sha gapini takrorladi:
- Men to‘rga baliq ilinganini bilardim.
- Qayerdan bilding, o‘g‘lim?
- Yana duo qildim Allohga. Shuning uchun to‘rimizga baliqlar ilindi.

Yana ko‘lga to‘r otib, chodirga qaytdilar. Uyqudan oldin ko‘lga tushib to‘rni tekshirib ko‘rishgandi, bitta ham baliq ilinmagan ekan.
- Men baliq ilinmasligini bilgan edim, - dedi bola otasiga. - Bu safar duo qilmadim. To‘rimizga baliq ilinishini so‘rab Allohga iltijo qilmadim.

Ota hayron so‘radi:
– Nega duo qilmading?
– Chunki bu safar siz to‘rga xo‘rak qo‘ndirishni unutdingiz, - deya javob berdi bola.

Go‘dak aqli bilan bola ham biladiki, sababi bajarilmagan duoning natijasi bo‘lmaydi...
Kavsar Nur tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Avval harakat so‘ng duo