17:30 / 02.02.2019
11 363

Yo‘talni uch kunda davolash sirini bilasizmi?

Yo‘talni uch kunda davolash sirini bilasizmi?
Bu sodda va xalqona retseptni hecham yo‘qotmang. Biror qog‘ozga yozib, devorga osib qo‘ying.
Yo‘talni davolash borasida muolajalar bisyor. Hozir tavsiya qiladiganimizni esa amalga oshirish uncha qiyin bo‘lmaydi.

Buning uchun karamning ikkita yaprog‘ini olib, issiq suvga solib biroz “o‘ldiring”. Shundan so‘ng uning bir tomoniga yupqa qilib asal surtib chiqing. Shundan so‘ng karam barglarini yo‘tal bezovta qilayotgan odamning ko‘krak qafasi va orqasiga yopishtirib, uxlashga yotqizing.

Tor futbolka karam barglarini zich ushlab turadi. Bir uxlab turganidan so‘ng kasal odamning ahvoli ancha yaxshilanadi.
Asal tanaga singib, shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur muolajani 3-5 kun qilish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yo‘talni uch kunda davolash sirini bilasizmi?