23:18 / 03.02.2019
6 777

Munajjimlar bashorati: 4 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 4 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Agar ertalabdan emotsiyangizni jilovda tutib tura olsangiz, kimlar bilandir janjallashmasangiz, bilingki, kuningiz a’lo darajada o‘tadi. Hatto, baqir-chaqir qilmasa bo‘lmaydigan vaziyatlarga tushib qolsangiz ham o‘zingizni idora etishga harakat qiling. Hurmatingizni yo‘qotib qo‘yishdan saqlaning. Hamkasblar bilan iliq va samimiy munosabatda bo‘ling. Kechqurun oila davrasida haqiqiy hashamatni chuqur his etgan holda vaqtingizni yoqimli kechirishingiz kutilmoqda.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
4 fevralda sizni hurmatlaydiganlar qarshisida hech kimga aylanib qolmaslik uchun nuqsonlaringizga qarshi urush e’lon qiling. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ya ko‘rmang. Siz allaqachon navbatdagi davolanish kursini o‘tashingiz kerak. Salomatligingizga putur yetmasligi uchun olis safarga chiqishdan voz kechishingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kunning birinchi yarmida bir olam quvonch va iliq taassurotlar qurshovida bo‘lishingiz kutilmoqda. Bu holat yangi tanishuvlarni boshdan kechirishingiz doirasida yuzaga kelishi mumkin. Tadbirkor bo‘lsangiz, anchadan beri shaxsiy biznesiga ega do‘stingiz bilan foydali kelishuvga erishasiz. Oilaviy hayotda rashkka keng o‘rin bermang. Hatto, oilasizlarga ham bo‘lg‘usi juftini rashk qilish tavsiya etilmaydi. Bu oradagi munosabatlarga putur yetkazadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
4 fevral kuni ruhan bo‘shashgan holda qarshingizda paydo bo‘lgan yaxshi-yomon vaziyatlarni zimdan kuzating. Bu vaziyatlarga ishtirokchi bo‘lishdan tiyiling. Tanimagan odamlar davrasida qolib ketishdan saqlaning. Moliyaviy muammolarni bartaraf etish doirasida sezilarli qiyinchiliklarga duch kelishingiz mumkin. Faqat birovlardan qarz olishga urinmang. Qarz sizni inqirozga yuz tuttiradi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Oilangizdagilarga nisbatan samimiy munosabatda bo‘ling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Kuningiz unumli kechishi kutiladi. Katta ishga qo‘l urib, katta daromadga egalik qilishingiz haqiqatga yaqin. Bundan tashqari, qo‘shimcha daromad keltiruvchi ishlarni bajarishga ham ulgurasiz. Atrofdagilar bilan diplomatlarcha munosabat yuritishingiz zarur. Bu sizga qo‘shimcha qanot bag‘ishlaydi. Tadbirkor bo‘lsangiz, muhim kelishuvlar tashkil etishdan voz keching. Ular siz kutgan natijani bera olmaydi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
4 fevralda nafaqat bardoshli, balki o‘ta kuchli irodaga ega insonga aylanishingiz kerak. Chunki taqdir sizga shunday mushkulotlarni ro‘para qiladiki, ularni yetti uxlab tushingizda ko‘rmagan bo‘lishingiz mumkin. Pul bilan tavakkal qilishdan nari bo‘ling. Inqirozga yuz tutasiz. Og‘ir mehnat qilsangizgina, peshona ter evaziga ishlab topgan pulingiz barakali bo‘ladi. Asablarni ehtiyot qiling. Hazil-mutoyibaga keng o‘rin bering.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Aynan bugun kimlardir sizni ochiqchasiga janjallashishga unday boshlasa, yuz buring-u, ters o‘girilib keting. Bunday janjallar obro‘yingizga putur yetkazadi. Muhim hujjatlar bilan ishlashga to‘g‘ri kelsa, sergaklikni qo‘ldan bermang. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda tezlikni oshiring. Bo‘shashsangiz, puldan quruq qolasiz. Kechqurun qo‘shnilarning qaysidir biri sizni mehmonga yoki xudoyiga o‘xshash tadbirga lutfan taklif etishi mumkin. Bardam bo‘ling.

ChAYON (24. 10 — 22. 11)
4 fevral kuni har qanday ishni bajarishda ham tezkorlikka e’tibor qarating. Agar kimlarningdir oldida qarzdor bo‘lsangiz, aniqrog‘i, u sizga yaxshilik qilgan-u, uni qaytarish zarur bo‘lsa, hamma ishni tashlab bo‘lsa-da, shu amalni yakuniga yetkazing. Ro‘zg‘oringizda jiddiy muammolar qalashib yotgan bo‘lishi mumkin. Ularni ijobiy hal etish uchun mutaxassis chaqirishingiz kerakka o‘xshaydi. Kechqurun kimlardir qo‘lingizga bir dasta pul tutqazadi. Bu pullar halol peshona teri evaziga topilgan bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Yirik loyihalarni chetga sura turishingiz tavsiya qilinadi. Ular hozir sizga ko‘zlangan daromadni bera olmaydi. Aksincha, ortiqcha pul yo‘qotganingiz qoladi. Ishxonadagi yumushlarni ado etishda o‘ta faol bo‘lishingiz hamkasblaringizni hayratga solishi tayin. Muhabbatda oilasizlarning kuni tug‘adi. Siz yangi romantik tanishuvni boshdan kechirishingiz mumkin. Agar allaqachon tanishib ulgurgan bo‘lsangiz, romantik lahzalarga oshno bo‘lasiz.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
4 fevralda kayfiyatingizda qahraton sovug‘i aks eta boshlaydi. Shaxsiy hayotingizda ko‘ngilsizliklar paydo bo‘lishi mumkin. Hatto, ishga borgingiz kelmay qiynalasiz. Biroq kayfiyat quliga aylanib qolsangiz, yomonlikdan boshqasiga erishmaysiz. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar yaqin do‘stlari bilan uchrashib, ko‘ngil yozishi kutiladi. Salomatligingizga e’tibor qaratishni unutmang. Ovqatlanishda ehtiyot bo‘ling. Imkon bo‘lsa, ko‘cha ovqatidan voz keching.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz turli qiziqarli voqea-hodisalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Lekin oldindan tuzgan rejalaringiz hadeganda amalga oshmay xunob qilishi ham ehtimoldan xoli emas. Bilasizmi buning sababi nima? Siz bir ishni yakunlamay, boshqasiga o‘tib keta boshlaysiz. Ana shu narsa ishlaringiz unumli bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Moliyaviy masalada muvaffaqiyatlar bor, ammo kichik. Boyib ketmaysiz, pulsiz ham qolib ketmaysiz. Kechqurun qarindoshlardan biri bilan fikrlaringiz ters kelishi sababli janjallashib qolishingiz mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
4 fevralda ayollar o‘zlari uchun ajoyib xaridlarni amalga oshiradi. To‘g‘ri qilasiz. Pul bo‘lsa bor, tashqi ko‘rinishga e’tibor qaratish ham kerak. Meros, xususiy mulk bilan bog‘liq tadbirlar muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun bir inson bilan tanishishingiz mumkin. U kelgusida nafaqat do‘st, balki hamfikrga aylanishi ham haqiqatga yaqin. O‘zingizni ehtiyot qiling.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 4 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?