15:53 / 05.02.2019
5 227

Ikki tilda so‘zlashishning inson bosh miyasiga foydasi haqida

Ikki tilda so‘zlashishning inson bosh miyasiga foydasi haqida
Ikki tilda bekamu ko‘st so‘zlashishni uddalay olsangizda, u tildan bu tilga silliqqina o‘tib so‘zlashishda davom etish ko‘pam oson bo‘lmasligi mumkin, deydi o‘zbekistonlik mutaxassis, Janubiy Koreyaning Pusan chet tillar universiteti professori Azamat Akbarov «Daryo» uchun tayyorlagan maqolasida.

Rus tilida ajratilgan fe’lni buzib yuborish, ingliz tilida noto‘g‘ri talaffuz yoki turk tilida uzun gapning boshi va oxiri orasida bog‘lanish shartini yo‘qotib qo‘yish tez-tez uchraydigan holatlardir. Ikkinchi tilni o‘zlashtirish ko‘p vazifa bajara olish ko‘nikmalarimizni sayqallashtiradimi yoki shunchaki chalkashtirib yuboradimi?

Ushbu bahs tilshunoslar va psixologlarni bir-birlari bilan ko‘p ekspertlar ikki tilni biluvchi bolalar kelgusi hayotlarida aqliy qabul qilish faoliyatlarida buzilishdan qiynaladi, deb ta’kidlagan 1920 yillardan beri qarama-qarshi qo‘yib kelmoqda. Biroq ilm-fan shaxdam qadamlar bilan rivojlanishda davom etdi. Tadqiqotchilarning da’vo qilishlaricha, ikki tillilik — inson kundalik hayotida hech bo‘lmaganda ikki til bilan so‘zlashadigan bo‘lsa, bosh miyasiga, xususan, yosh o‘tishi bilan foyda berar ekan.

Ikki tillilikning foydalari
Birinchi asosiy ustunlik keng ma’noda bajaruvchanlik funksiyasi deb nomlanuvchi tushuncha bilan bog‘liq. Bu tushuncha insonga o‘z diqqatini nazorat qilish, yo‘naltirish va boshqarishni hamda insonning rejalashtirish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, bu funksiya keraksiz ma’lumotga e’tibor bermaslikka va muhim ma’lumotni diqqat markaziga ola bilishga yordam beradi. Ikki tilni biluvchi inson bu tillarni o‘zlashtirgani tufayli va bu tillar avtomatik ongsiz ravishda faollashtirilgani tufayli bir tilda aytish lozim bo‘lgan so‘zni boshqa tilda va noto‘g‘ri o‘rin va vaqtda aytib yubormaslik kabi chalkashib ketishni doimiy ravishda nazorat qilib boshqarib boradi. Biror vazifani bajarayotganda diqqatni boshqa tomonga buradigan omillar paydo bo‘lganda bosh miyaning bunday nazoratga javob beradigan qismlari ham ishlaydi. Bunday vazifa til bilan umuman bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin; bu shovqin kuchli muhitda biror narsani tinglashga urinish yoki ish biror virtual vazifani bajarishdan iborat bo‘lishi mumin. Ikki tilni qo‘llashda rivojlangan avtomatizm (mushak xotirasi) ham turli vazifalar uchun qo‘llanishi mumkin.

Bolalarga ikki tilni o‘qitish ularning tushunish qobiliyatlarini kechiktirishi yoki ularni chalkashtirib yuborishi mumkinmi?
Ikki tillik haqidagi turli afsonalarning boshlanishi Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari davrida AQSh va Buyuk Britaniyada olib borilgan tadqiqotlarga borib taqaladi. Bu tadqiqotlarda urushdan holdan toygan mamlakatlar bolalari — qochqinlar, yetimlar va, ba’zi hollarda, konsentratsion lagerlarda bo‘lgan bolalar jalb qilingan bo‘lib, saviyasi, sifati juda past bo‘lgan. Ularning maktab tahsillari bir necha yillar uzilib qolgan edi. Ularning ba’zilari (ruhiy, jismoniy) jarohatlar olgan bo‘lishlari mumkin edi, va shu yosinda ular tadqiqotlarga jalb qilinib, og‘zaki nutq qobiliyatlarini o‘lchash tajribalarida qatnashgan. Ushbu tajribalarda bu bolalarning juda past natijalar ko‘rsatganlari hayron qolarli holat emasligi tabiiy.

Tadqiqotchilar past natijalarni jarohatdan keyingi ruhiy tanglik holatiga yo‘yishdimi? Ehtimol, ular bu tushunchaning nimaligini bilmagan bo‘lsa ham kerak. Aksincha, ular bu holatni bolalarning ikki tillilik qobiliyatlariga yo‘naltirdi. Faqat 1960-yillarga kelib Monrealdagi MakGill universiteti olimlari Elizabet Pil va Uollas Lambertlar o‘zlari o‘tkazgan juda muhim tadqiqotlar natijalarini chop qilganlaridan keyin bu masalaga nisabatan qarashlar o‘zgara boshladi. Ularning aniqlashlaricha, ikki tilni biluvchi bolalar nafaqat aqliy (kognitiv) tushunishda orqada qolmas yoki aqliy zaiflikka ega bo‘lmas ekan, balki aslida bu xislat aqliy ustunliklar, foyda berar ekan.

Ikki tilda so‘zlashuvchi bolalarda, doimo bo‘lmasa-da, ustunliklarning mavjudligiga guvoh bo‘lamiz. Shuningdek, yoshi katta bo‘lmagan balog‘atga yetgan odamlarni, masalan, 20 yoshlilarni olsak, ularda bunday ustunliklarni ko‘rish va aniqlash tobora qiyinlashib boradi. Bunga bosh miya ulg‘ayishi nuqtai nazaridan mantiqiy asos bor. Bolalik davrida inson bosh miyasi rivojlanishda davom etayotgan bo‘ladi, biroq balog‘atga yetishning dastlabki pog‘onasiga yetgan sari inson bosh miyasi rivojlanishning yuqori chuqqisiga yetadi, va bunda ikki tillilik insonga ko‘pam qo‘shimcha ustunlik bermaydi.

Bolalikda tillarni o‘rganish ulg‘ayganda o‘rganishdan farq qiladi
Uzoq vaqtlar davomida, biror tilni puxta o‘rganishning yagona usuli uni yoshliq chog‘ida o‘rganish degan fikr hukmronlik qilib keldi. Ya’ni balog‘atga yetgandan keyin inson tilni bekamu ko‘st o‘zlashtira olmaydi degan fikr mavjud edi. Chunki bu holda inson so‘zlashuv va talaffuzida doimo o‘z tili lahjasining ta’siri bo‘ladi. Bugungi kunga kelib biz bu fikr haqiqatga to‘g‘ri emasligini bilamiz, chunki ulg‘aygach, chet tillarni o‘rgangan, buning ustiga juda yaxshi o‘zlashtirgan odamlar soni ko‘paymoqda. Bu holat tadqiqotchilarni bolalikda chet tilini o‘rganish ulg‘ayganda o‘rganishdan farq qildiruvchi omillar nima ekani masalalarini qayta o‘rganishga undadi.

Bolagikda bosh miya o‘rganishga ko‘proq moyilmikan yoki ko‘proq moslashuvchanmikan — buni biz ko‘proq «egiluvchan (plastik)» deb ataymiz, va ulg‘ayganda qattiqlashib va bir joyda to‘xtab qoladimi? Balki bolalikda bola oladigan ma’lumotlar hajmi, ko‘lami va turi, ularga boshqalar tomonidan beriladigan erkalik va erkinliklar imkoni va rag‘batlantirish darajasi nuqtai nazaridan bolalarda til o‘rganish sharoitlari boshqachaligi ta’sir qilarmkan? Ikki ishda ishlaydigan va til o‘rganish kursiga kech soat 7:00 da boradigan yoshi katta kishi oladigan ma’lumot bola o‘z onasidan, buvisi, otasi va boshqa birlamchi tarbiyachilardan tinimsiz qabul qiladigan ma’lumotlarga nisbatan boshqacha bo‘ladi.

Pirovard natijada esa, ehtimol, bolalikda va yoshi ulg‘ayganda til o‘rganganlar orasidagi farq moslanuvchanlik va sharoitlar kabi ikki omilning birga qorishib kelishida bo‘lsa kerak. Albatta, har bir alohida olingan shaxs va sharoitlarda ham farqlar mavjud. Turli odamlarga bir xil sharoit yaratilsa, ba’zilar gullab-yashnab ketadi va boshqalar esa qiynalib yuradi.

Ikki tilda so‘zlashuvchi insonning bosh miyasi bir tilda so‘zlashuvchi insonnikiga qaraganda boshqa tarzda qariydimi?
Oldin o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ish xotirasi, samaradorlik, qayta ishlash tezligi va shu kabi qobiliyatlar nuqtai nazaridan taxminan 25 yoshdan boshlab inson bosh miyasi susayishni boshlaydi. Yosh ulg‘aygan sari bunday susayishlar sur’ati tezlashib boradi. Bahsning mazmuni esa yo ulg‘aygan sari ikki tillilik bunday susayishni to‘xtatadi va uning tezligini pasaytiradi. Yoshi qariroq odamlarda olingan misol va dallillar ikki tillilikning ustunligi foydasiga eng kuchli dalil bo‘lib xizmat qiladi (ikkinchi o‘rinda esa bolalardan olingan dalillar turadi).

Neyrodegeneratsiyaga uchragan ikki tilli shaxslarga bir nazar solsak, ularning bosh miyasi jarohat olganga o‘xshab ko‘rinadi. Ularning bosh miyasi tasvirlariga qarab, inson bunday odamlarda ko‘proq xotira sustligi yoki ular ko‘rishlariga qaraganda o‘zlarini unchalik yaxshi uddalay olmasalar kerak degan xayolga boradi. Biroq aslida bunday emas. Bosh miya birlamchi (asl) yo‘llari buzilganda, ikki tilni biluvchi insonning bosh miyasi bosh miyada mavjud muqobil tarmoqlar va aloqalar yordamida bosh miya ishi yomonlashuvining o‘rnini qoplaydi, ya’ni kompensatsiya qiladi. Tadqiqotchi olimlar ushbu nazariyani «kognitiv kompensatsiya» deb ataydi va buni ikki tillilik bosh miyaning ham kulrang va ham oq moddasi salomatligiga ko‘mak beradi.

Umrning keyingi davrlarida til o‘rganish Alsgeymer kasalining rivojlanishini nazoratda saqlay oladimi?
Albatta bu ish holatidagi farazlardir. Hozirgi kunda psixolingvistlar yoshi 65 va undan o‘tgan kishilarga odamlarga chet tilini o‘qitish yo‘li bilan chet tillarini o‘rganish inson umrining shunchalik kech davrida ham bosh miyaning sog‘lom faoliyat olib borishiga yordam berish-bermasligini aniqlash maqsadida tadqiqotlar olib bormoqda. Ular inson qarib qolganda til o‘rganish yo‘li bilan ularga yordam bera olish-olmaslik masalasini o‘rganmoqda. Shu bilan birga, bunday holat insonga «qo‘lla, aks holda yo‘qotasan» yondashuvi nuqtai nazaridan biror foyda berish-bermasligi muammosi ham o‘rganilmoda.

Boshda olingan kuzatuvlar natijalari umid bermoqda. Dastlab olingan ma’lumotlar ijobiy natijalarga ishora qilmoqda. Yosh o‘tib qolgan davrda til o‘rganish kognitiv yutuqlarda erishishda ijobiy natijalar berishi ehtimoli mavjud.

Til o‘rganish va uni qo‘llash murakkab jarayon — inson bolasi bajaradigan eng murakkab faoliyat bo‘lsa ajabmas — bo‘lgani sababli, u bir qancha daraja-pog‘onalarni o‘z ichiga oladi. Bunda nutq tovushlari, bo‘g‘imlar, so‘zlar, grammatika, gaplar, sintaksis bilan ishlash lozim. Aslida ko‘p ish amalga oshirilayotgani yo‘q; aslini olganda bu hammasi keng bosh miya tarmog‘i uchun qayta ishlash vazifasi. Bosh miyaning bunday qismlari, kasallik belgisini ko‘rsatayotgan yoki nevrologik patologiya kasalligiga chalingan qarib borayotgan bosh miya qismlari o‘rniga mos keladi. Natijada ikkinchi tilni o‘rganish sog‘lom tarzda qarish maqsadida optimal faoliyat bo‘lishi mumkin deb fikrni ilgari suramiz.

Ikki tilli bolalarni tarbiya qilayotgan ota-onalarga maslahatlar
Bolaning ko‘nglini ko‘tarish va sabr-toqatli bo‘lish kerak. Ikki tilli bolalar oldida bittagina tilni o‘rganuvchilarga nisabatan og‘irroq vazifa turibdi. Ular ikki turli xil so‘zlar boyligi majmualari va nutq tovushlarini o‘rganmoqda. Biror ustuvor til hukmron bo‘lgan mamlakatda yashovchi ota-onalar uchun ikkinchi tilning funksional maqsadini belgilash oson bo‘lmasligi mumkin. Bola u o‘rganayotgan til amaliy qo‘llanish ahamiyatiga egaligini tushunishi lozim. Shuningdek, bolalarda ikkinchi tilni amalda qo‘llash imkoniyatlari bo‘ladigan madaniy tadbirlar yoki maktablar mavjudligi ham juda foydali bo‘ladi.

Ota-onalarni tashvishga soluvchi yana bir masala ularning farzandlari tillarda chalkashib ketayotganliklari ehtimolidir. Biz «kodli chalkashtirish» deb ataydigan tushuncha haqida tashvishga tushmang. Ular chalkashib ketmaydi. Tillarni aralashtirib yuborish ikki tillilikda yuqori darajaga yetganlikning belgisi degan fikr ham mavjud.

Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ikki tilda so‘zlashishning inson bosh miyasiga foydasi haqida