To‘qson yoshli ayolning o‘gitlari

  • 05 fevral 2019, 19:23
  • 2 879
  • Hayot tarzi
  • To‘qson yoshli ayolning o‘gitlari
    1. Hayot odil emas, ammo, shunga qaramay go‘zal.
    2. Hayot juda qisqa, o‘zingga ozor berganlardan nafratlanib vaqtni sovurma.
    3. Hech kim, hech kim o‘zini muhim sanamasin!...
    4. Topgan pulingni aql va tejamkorlik bilan ishlat.
    5. Har doim bahsda yutib chiqishing shart emas, ba’zan “Hmm” deb qo‘yaver, ketsin.
    6. Kimningdir yelkasiga bosh qo‘yib yig‘lash, yolg‘iz yig‘lashdan ko‘ra yaxshiroqdir.
    7. Xayrli xarajatlarni niyat qilib pul jamg‘arib boraver.
    8. Shokolad haqida gap ketganda tixirlik qilish yarashmaydi.
    9. O‘tmishing bilan murosa qilginki, kelajagingga daxl qilmasin.
    10. Yig‘layotganingni bolalaring ko‘rib qolishi muammo emas.
    11. Hayotingni boshqalarning hayoti bilan chog‘ishtirma. Ular bu darajaga qanday yetib kelganini bilmaysanku!?
    12. Agar birov bilan munosabatlaringdan odamlar xabar topishini istasamang, bu munosabatda uzoqqa borolmaysan.
    13. Baxtli bolalik yashash uchun hech qachon kech emas. Bolaligingni boshqatdan yashash butkul o‘zingga bog‘liq va bunga hech kim aralashishga haqli emas!
    14. Hayotda nimani istasang shuni ortidan borasan va bu yo‘lda “Yo‘q” degan javobni qabul qilmaysan.
    15. Chiroyli yasatilgan uyingda yayrab yasha, javondagi chiroyli idishlardan foydalan. Xos kunlarni kutib yashama, nafas olayotganing har daqiqa o‘ziga xos.
    16. Binafsha rang kiyimlarni kiyish uchun keksayishni kutma. Antiqa uslubing bilan hammani lol qoldirishning ayni fursati.
    17. Noxush voqealardan keyin o‘yla: “Besh yildan keyin bu voqeani ahamiyati bo‘ladimi?!”
    18. Hammani va o‘zingga qilingan nohaqliklarni avf et.
    19. Boshqalar sen haqingda nima deb o‘ylashi senga nima?!
    20. Vaqt har narsaga malham deydilarmi? Seni tushunmaganlarga vaqt ber.
    21. Qanday yaxshi yoki yomon yashasang-da baribir o‘tadi.
    22. Betob bo‘lsang senga ishing emas, yaqinlaring, oilang va qadrdonlaring qaraydi. Rishtalarni uzma, yaqinlaringga vaqt ajrat.
    23. Mo‘’jizalarga ishon!
    24. Unutma, seni o‘ldirmagan narsa seni kuchli qiladi.
    25. Har kuni albatta ko‘chaga chiq, mo‘’jizalar hamma joyda bo‘lishi mumkin.
    26. Hayotni ko‘p ayblama, harakatga kirish va qo‘lingdan kelganini bajarishga harakat qil.
    27. Eng yaxshi narsalarga hali oldinda, umidsizlikka tushma.
    28. Nima qilishingni bilmay boshing qotganida chuqur nafas ol, yordam beradi.
    29. Xatolaringni isloh qilib yasha, ammo ularga yo‘l qo‘yganing uchun o‘zingni tinimsiz ayblama! Sen o‘zingni kechirsang, boshqalar ham seni kechiradi.
    30. Hayot chiroyli gulqog‘ozga o‘ralgan, bog‘ichlari jozibador sovg‘a emas, ammo juda go‘zal hadiya. Buni unutma!...
    Kavsar NUR tayyorladi

    Manba: Azon.uz

    » » To‘qson yoshli ayolning o‘gitlari