Sauthempton universiteti olimlari qahvani ko‘p ichish foydasini aniqlashdi. Ularning ta’kidlashlaricha, qahvani ko‘p iste’mol qilish jigar saratonining oldini olishi mumkin ekan.
Mutaxassislar 2,25 mln kishining salomatligiga doir holati o‘rganilgan ma’lumotlarni tahlil qilishdi. Ishtirokchilar bir kunda 1 piyoladan 5 piyolagacha qahva ichadiganlar guruhlariga taqsimlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bir kunda bir piyola qahva ichish gepatotsellyulyar karsinoma ehtimolini 20 foizga kamaytirar ekan. 2tasi 35 foizga kamaytirsa, 5 piyola qahva bu raqamni 2 karra pasaytiradi. Shuningdek, kofeinsiz qahva ham foydali ta’sir ko‘rsatsa-da, kamroq darajada bo‘lishi ta’kidlandi.
Tadqiqotchilarning fikricha, ichimlikdagi moddalar shamollash, saratonga qarshi antioksidantlik va boshqa xususiyatlarga egadir. Boshqa mutaxassislar esa, qahvani jon-dilidan yaxshi ko‘ruvchilar jigar sirroziga kamroq uchrashini isbotlashgan edi.
Shu bilan birga, olimlar, barchani birdek qahvani ko‘plab ichishga chaqirmaydi. Chunki, dastlab, ularning aytishicha, qahvani ko‘p ichishdan kelib chiqadigan zararlarni aniqlab olish kerak. Masalan, homilador ayollar bu ichimlikni ichmasligi maqsadga muvofiqligi ma’lum va mashhur. Ammo, 2030 yilga kelib 1,2 mlndan ortiq inson jigar saratonidan aziyat chekishi taxmin qilinayotgani e’tiborga olinsa, tadqiqot natijasi foydadan xoli emas, albatta. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin