23:43 / 05.02.2019
7 872

Munajjimlar bashorati: 6 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 6 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
6 yanvarda ishlaringiz baroridan kelishi kutilmoqda. Bugun siz nafaqat jamiyatdagi o‘rningizni, balki moliyaviy ahvolingizni ham mustahkamlash imkoniga ega bo‘lasiz. Tajribangiz va yangi xabarlar yordamida siz yangi daromad manbaini topasiz. Shaxsiy biznesingiz bo‘lsa, bu sohada ham muvaffaqiyatlar kutib turadi. Kechqurun ayrimlar olis safarga otlanishi mumkin. Safar sizda bir-biridan iliq taassurotlar qoldiradi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Shaxsiy biznesiga egalar, tadbirkorlar bugun yangi hamkorlarni qidirib topishlari kerak. Shunda yolg‘izlanib qolmaysiz. Ezgu maqsadlar yo‘lida ilk harakatlarni sodir etish ham omadli kechadi. Muhabbatda oilasizlarga yangi imkoniyatlar eshiklari ochiladi. Siz har jihatdan sizga mos keladigan insonni uchratib tanishasiz. Lekin kechki payt salomatligingiz pand bera boshlashi kutiladi. Shamollash bezovta qilsa kerak. Ehtiyot bo‘ling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
6 yanvar kuni atrofdagilarning turli-tuman maslahatlariga quloq tutib chalg‘imasangiz, moliyaviy muammolarni birinchi navbatda ijobiy hal etish imkoniga ega bo‘lasiz. Bugun boshqalarga nisbatan iliq munosabat yuriting. Ayniqsa, ishxonangizdagi hamkasblar bilan munosabatlarda ehtiyot bo‘ling. Kechqurun sizni xizmat safariga yuborishlari mumkin. Lekin ayrim hujjatlar vaqtida tayyor bo‘lmasligi mumkin. Demak, ularni taxt qilish payida bo‘ling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Kuningiz hiyla og‘ir kechishi kutilmoqda. Moliyaviy ahvolingiz zaiflashib, zahiradagi pullarni ishlatishga majbur bo‘lishingiz mumkin. Xayriyatki, zahirada pul saqlagansiz. Aks holda bugun juda mushkul vaziyatga tushib qolgan bo‘lardingiz. Oilasizlar muhabbatda romantik lahzalarni boshdan kechirasiz. Faqat bunday baxt uchrashuvga o‘zingiz kechikmasangizgina nasib etadi. Erkaklar, yigitlar uchrashuvga qo‘llarida go‘zal guldasta bilan borishni unutmasinlar. Sog‘lig‘ingizni asrang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
6 yanvar kuni ijod ahli o‘ta faol bo‘ladi. Siz hayotning eng muhim jabhasiga oid asar yaratish imkoniga ega bo‘lasiz. Agar uydagi jihozlardan birini yangilash istagida bo‘lsangiz, bugun shu ishni amalga oshiring. Kechqurun qachonlardir siz bilan hamkorlikda ishlagan do‘stingiz ulushingizni qo‘lingizga tutqazishi kutiladi. Ayrimlar olis safarga otlanadi va u siz uchun omadli kechadi. Uxlashga yotishdan oldin yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Hayotdan, taqdirdan keragidan ortiq narsani talab qilmang. Hammasi o‘z yo‘lida va joyida qolsin. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishdagi bilimlarni va malakani oshirish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida oilada o‘ta mas’uliyatli bir qarorni qabul qilishingiz mumkin. Tuyg‘ularingizni ham yangilash payti yetgan ko‘rinadi. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan muloyim munosabat yuritishingiz tavsiya etiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
6 yanvarda olis manzilga xizmat safari bilan jo‘nashingiz kutilmoqda. Safar sizga har jihatdan manfaat keltiradi. Bugun bajaradigan mayda yumushlar ham sizga daromad hadya etishiga shaxsan guvoh bo‘lasiz. Huquqiy mavzudagi ishlaringiz bo‘lsa, ularni keyinga suring. Hozircha bunday ishlarni amalga oshirishga tayyor emassiz. Oilada ayrim tashvishli lahzalar yuzaga kelishi mumkin. Ehtiyotkorona harakatlar sodir eting. O‘zingizni o‘zingiz boshi berk ko‘chaga olib kirib qo‘ymang.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Yaqin o‘tmishda bajargan ishlarni, qabul qilingan qarorlarni yana bir karra yodga oling, mulohaza qiling. Agar o‘zgartishlar kiritish lozim bo‘lsa, haliyam kechmas. Albatta o‘zgartiring. Moliyaviy masalada omad sizdan yuz o‘girmaydi. Qo‘lingizga albatta pul kelib tushadi. Faqat shaxsiy biznesingiz gurkirayotgan bo‘lsagina katta ishlarga qo‘l urishingiz va katta pul tikishingiz mumkin. Salomatlikni mustahkamlash yoki surunkali xastalikka qarshi navbatdagi muolajalarni olish istagida bo‘lsangiz, malakali vrach maslahatiga suyaning.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
6 yanvar kuni chigal vaziyatda qolishingiz ehtimoli bor. Biroq vahimaga tushib duch kelgandan yordam so‘rayverishingiz noto‘g‘ri. Sabr qilishingiz lozim. Chunki muvaffaqiyatga erishish uchun sizda imkoniyatlar bir talay. Ulardan unumli foydalaning. Pulingiz kam bo‘lsa, qo‘shimcha daromad keltiradigan ish toping. Shaxsiy hayotingiz bugun sokin va quvonchli kechadi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Oshqozon tizimingizni zo‘riqishlardan ehtiyot qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Jamiyatda obro‘yingiz, o‘rningiz yuqori darajada bo‘lmasa, sira tashvish chekmang. Ishxonadagi obro‘yingizni ko‘tarish payida bo‘ling. Rahbarlaringiz sizga ishonib yirik loyihalarni taqdim etmoqchi. O‘shalar bilan band bo‘ling va zinhor chalg‘iy ko‘rmang. Ro‘zg‘ordagi tashvishlarga barham berish uchun qat’iyatlilik zarur bo‘ladi. Kechqurun xonadoningizga yaqin tanishlar mehmon bo‘lib kelishi kutiladi. Salomatlikni asrang. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, muolaja, profilaktika masalalarini unutib qo‘ymang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
6 yanvar kuni azaliy orzularingiz birin-sirin haqiqatga aylana boshlaydi. O‘zingizni ruhan kuchli his etasiz. Faoliyatingizni kengaytirish harakatiga tushishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Yaqin do‘stlar, insonlarga nisbatan aslo qo‘pol munosabatda bo‘lmasligingiz tavsiya qilinadi. Arzimas ko‘ngilsizliklar sabab janjal ko‘tarishga shoshilmang. Kechqurun ko‘p taom iste’molidan tiyiling. Imkoningiz bo‘lsa, yoshi ulug‘, xasta qarindoshlar holidan xabar oling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Hali uzoq yillar yelkama-yelka ishlashingiz zarur bo‘lgan insonlar bilan iliq munosabatlarni saqlab qoling. Yangi tanishuvlardan voz keching. Muhabbatda oila qurmaganlarning kuni tug‘adi. Maqsadlar, ezgu niyatlar yo‘lida oldinga qadam ola boshlaysiz. Turmushga chiqmagan qizlarga esa suyuklisi muhabbat izhor qilish bilan birga ularning qo‘lini ham so‘rashi kutilmoqda. Oilalilar hayotida ham kechqurun ajoyib bir voqea sodir bo‘ladi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 6 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?