13:18 / 06.02.2019
5 332

Ko‘zlarimga termul, gunohlaring to‘kilsin...

Ko‘zlarimga termul, gunohlaring to‘kilsin...
Er shosha-pisha oshxonada kuymalanayotgan ayolining oldiga keldi:
— Menga qara, ko‘zlarimga qara-chi?

Ayol hayron tikildi xojasiga:
— Nima bo‘ldi, tinchlikmi? Ko‘zimga nimadir bo‘libdimi?

Er so‘zsiz termulib turayeverdi halolining ko‘zlariga. Bir muddat tikilar ekan:
— Alhamdulillah! - dedi er. - Ertalab og‘ir uyg‘ondim. Hanuz bu og‘irlik ezaverdi yelkamni. "Juftlar bir-biriga muhabbat bilan tikilsalar gunohlari to‘kiladi" degan hadis keldi xayolimga. Yoningga yugurdim. Allohga shukr, ko‘zlaringga tikilgandim ruhim yengillashdi...

Er shunday deya qanday shoshib kirgan bo‘lsa, shunday shoshilib oshxonadan chiqdi-da, yana ishiga bosh sho‘ng‘idi...
Umida ADIZOVA

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘zlarimga termul, gunohlaring to‘kilsin...