17:22 / 06.02.2019
8 300

Ayriliqdan kuyganlar uchun: Tatyananing Oneginga maktubi

Ayriliqdan kuyganlar uchun: Tatyananing Oneginga maktubi
Men sizga yozaman; yana ne darkor?
Ne deya bilaman, sizga men yana?
Lekin bilamanki, sizning ixtiyor
Jazo bersangiz ham menga nafrat-la.
Qora yozmishimga bir tomchi qadar,
Marhamat va shafqat qilgaysiz lekin.
Tashlab ketmagaysiz, yanchib xayolim.
Avvallar men sukut etmok istadim.
Mayli juda siyrak, mayli haftada
Qishlog‘imizda men sizni bir daf’a
Ko‘rayin, tinglayin so‘zingizni jim,
Sizga bir og‘iz so‘z aytay-da, keyin
Yangi uchrashuvga qadar erta-kech
O‘ylayin, o‘ylayin, unutmasdan hech,
Degan umid meni qucharkan sekin,
Ishoningki, mening – shu uyalganim,
Hech vaqtda tasavvur kilmaysiz, balkim…
Fakat aytalarkim siz odamsuymas;
Chet yoqa qishloqda zerikarmishsiz,
Biz esa… joziba egasi emas,
Ammo tashrifingiz biz uchun aziz!
Nega bizning uyga kelib ketdingiz?
Tashlandiq qishloqning bir go‘shasida
Sizni hech ko‘rmagan bo‘lardim essiz…
Achchiq azobni-da bilmasdim sira.
Tajribasiz qlbning hayajonini
Bir kuni, kim bilur, men yengib mahkam,
Ko‘ngilga muvofiq topib bir hamdam
Vafodor bir xotin, shafqatli ona
Bo‘lardim, totmasdan ishq savdosini.
O‘zga birov bilan?!. Yo‘q, men jahonda
Bag‘ishlamas edim kimsaga qalbim!
Taqdirda yozilgan o‘zgarmas aslo,
Tangri irodasi: sendamish nekim!
Butun hayotimning edi murodi,
Sen bilan uchrashuv, sen bilan visol,
Bilamanki, seni yubormish Tangri;
Qabrgacha meni himoyangga ol!..
Tushimda ko‘rinish berdi xayoling;
Ilg‘ab bo‘lmasa-da go‘zalding ayni.
Fusunkor nigohing sehr etdi meni,
Ruhimda jaranglab ketdi ovozing.
Ko‘pdandir… bir pÿë emas edi bu!
Kirishing bilanoq tanidim darrov,
Tilim tutilgandi, tanimda olov.
Va fikran derdimki, uning ÿzi-ky!
Rost emasmi? Seni tanidi tuyg‘u:

Yo‘qsilga uzatar ekan sadaqa,
Yoki to‘lqinlangan ruh iztirobin
Namoz-niyoz ila ovutgan choqda,
Men bilan so‘zlashding tinlikda sokin?
Mana shu lahzaning o‘zida menga
Tiniq qorong‘uda ko‘rsatib jilva,
Jimgina suqulib, boshim silagan
Xuddi sen emasmi, ey dilbar xayol?
Sen emasmi, sevgi va sevinch bilan
Umidning so‘zlarin shipshitgan xushhol?
Sen kim: himoyachi bir farishtami?
Yo‘ldan ozdiruvchi makkor odammi?
Butun shak-shubhamni ey xayol, tez yech!
Ehtimol, bo‘sh gapdir, buning barchasi,
Tajribasiz qalbga sarob bo‘lgan esh,
Butunlay boshqadir tole’ lavhasi…
Mayli, shunday bo‘lsa! Men o‘z qismatim
Shu zamondan boshlab taqdim qilaman.
Qarshingda oqizib yoniq kÿzëshim,
Yolvorib himoyang men o‘tinaman.
Sen bir faraz qil-chi, men yolg‘iz bir qiz
Anglamaydi meni hech kim bu yerda.
Tushunchamda barbod bo‘lg‘usi erta,
Halok bo‘lishga-da mahkumman sassiz…
Men seni kutaman: bir nigoh ila
Qalbning umidlarin jonlantir, yashat,
Yo og‘ir ro‘yoni kes, sen achinma,
Sazoga loyiq bir itob-la, hayhot!
Bitirdim! Dahshatdir ko‘zdan kechirish…
Uyatdan, qo‘rquvdan qaqshaydi bu dil…
Lekin, vijdoningiz menga kafilmish,
Unga topshiraman o‘zimni dadil…

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayriliqdan kuyganlar uchun: Tatyananing Oneginga maktubi