09:12 / 07.02.2019
7 217

Eng to‘g‘ri tarbiya

Eng to‘g‘ri tarbiya
Farzandning go‘zal tarbiya topishida aqidasining sog‘lom bo‘lishi eng muhim omillardan hisoblanadi. Farzandning aqidasiga e’tiborsiz bo‘lgan holda undan yaxshi natijalar kutish xuddi urug‘ qadamasdan hosil kutish kabidir. Aqida dinimiz ko‘rsatmasiga muvofiq bo‘lgandagina sog‘lom aqida deyiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmon bolalarga yoshligidanoq sog‘lom aqidaning ta’limini berar edilar:

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Men bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ortlarida edim, u zot menga: “Ey bola, men senga bir nechta so‘zlarni ta’lim beraman; Allohni muhofaza qil, (ya’ni, Allohning barcha buyruqlarini bajar,) shunda Alloh seni muhofaza qiladi. Allohni yodda tut, (ya’ni, Allohning haqqiga rioya qil,) shunda Uni qarshingda topasan. (ya’ni, sen bilan birga bo‘ladi, senga yordam beradi, seni himoya qiladi) Agar so‘rasang, faqat Allohdan so‘ra! Agar yordam talab qilsang, faqat Allohdan talab qil! Bilginki, albatta butun ummat senga biror manfaat bermoq uchun jamlansa ham, Alloh senga yozganidan boshqa manfaatni bera olmaydi. Agar ummat senga biror zarar berishga jamlansa ham, Alloh senga yozganidan boshqa zararni bera olmaydi. Qalamlar ko‘tarilgan, sahifalar esa qurigan. (ya’ni, taqdir yozilib bo‘lgan)”, dedilar”. Termiziy rivoyat qilgan.

* E’tibor bering, payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam yosh bolaning aqidasi to‘g‘ri bo‘lishiga qanchalik ahamiyat qaratyaptilar. Ibodatni yolg‘iz Allohga qilishga, faqat Allohgagina bog‘lanishga hamda Allohdan o‘zga biror kimsadan qo‘rqmaslikka targ‘ib qilmoqdalar. Shuningdek, taqdirga iymon keltirishni ham ta’lim beryaptilar. Haqiqiy to‘g‘ri tarbiya mana shudir. Har bir musulmon boshqa ishlari kabi farzand tarbiyasida ham o‘zining payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan namuna olishi lozimdir.
“Hikmatlar chashmasi”dan
Qudratulloh SIDIQMETOV

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Eng to‘g‘ri tarbiya