20:57 / 08.02.2019
4 869

Ruhimiz och qolmasin!

Ruhimiz och qolmasin!
Diniy tuygʻu insonga qorishib ketgan. Chunki Alloh uni tuproqdan yaratib, Oʻz ruhidan puflagan. Tuproq uning jismini ifodalasa, Ruh ruhiyat-diniy tuygʻusidir. Insonning bu ikki jihati doimo ozuqaga muhtoj. Agar jism taomdan mahrum qilinsa, u yo oʻladi yoki nosharʼiy yoʻl bilan unga erishadi. Yaʼni, yo birovning taomini oʻgʻirlaydi yoki harom narsa isteʼmol qiladi. Va uning bu holatini aql ham, naql ham toʻgʻri tushunadi va qoralamaydi.

Endi ruh ochqasachi? Qalbni toʻyintiradigan ozuqadan uni mahrum qilinsachi? Bunda ham yo halokat yoki noqonuniy-nomashruʼ ozuqa bilan uni toʻydirishga urinish yuzaga keladi.

Ruh-qalbning oʻlishidan Alloh asrasin. Lekin uni boshqa nojoʻya yoʻllar bilan toʻydirishning halokati ham oʻlishidan kam emas. Qolaversa bunday holatni aql ham, naql ham oqlamaydi.

Yaxshilab mulohaza qiling!
Mubashshir AHMAD

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ruhimiz och qolmasin!