Amerikalik olimlar yong‘oq iste’mol qiluvchi kishilar boshqalarga nisbatan kamroq depressiya holatiga tushishlarini aniqlashdi.
Qayd etilishicha, tadqiqotda 26 mingdan ziyod kishi ishtirok etadi. Ular qancha yong‘oq va yong‘oqning boshqa turini iste’mol qilishlariga qarab, bir necha guruhga ajratishdi. Olimlar kuniga hech bo‘lmasa 24 gramm yong‘oq iste’mol qilgan kishilar boshqalarga, jumladan, yong‘oqni umuman iste’mol qilmaydiganlarga nisbatan 26 foizga kamroq depressiya holatiga tushishlarini aniqlashdi. Bu, ayniqsa, ayollar o‘rtasida yuqori samara bergani kuzatiladi. Shuningdek, yong‘oqni xush ko‘ruvchilarda kundalik faollik kuzatilgan. Ular o‘zlarini boshqalarga nisbatan harakatchan va g‘ayratli his etishgan.
Depressiya - bu inson asab tizimidagi o‘zgarishlar (kuchli ruhiy zarba, uzoq vaqtgacha ruhiy tushkunlik holatiga tushish) hisoblanadi. Depressiya ruhiy zarba yoki bo‘lib o‘tgan noxush voqealar ta’sirida rivojlanishi mumkin.
Depressiyaning asosiy belgilari doimiy charchoq hissi, uyqusizlik, kechalari uyg‘onib ketish yoki tong otmasdan uyquning o‘chib ketishi, maqsadsiz harakat qilish, ishga yoki oilaga, umuman normal hayot tarziga bo‘lgan qiziqishning so‘nishi, bo‘lib o‘tgan noxush hodisalarda o‘zini aybdor sezish, vaznning yo‘qolishi yoki aksincha vaznning ortishi kabilar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi