11:18 / 12.02.2019
7 818

Xayrulla Hamidov sheʼri: “Charchoq”

Xayrulla Hamidov sheʼri: “Charchoq”
Koʻngil qaytib kelgan xarobatlardan,
Joynamoz toʻriga choʻkdim nihoyat:
Butkul charchaganman talofatlardan,
Allohdan soʻrovim faqat ofiyat...

Atrofimda gullab yotar javonib,
Koʻhna orzularga tilangan sado:
Alamlar, sitamlar, dardlar toʻfonin
Yelkamning chuquri koʻrmasin hatto.

Yuragim ichidan sugʻurdim tikan,
Endi bor anduhni xoʻr tashlab ketdim.
“Robbana atina fid-dunya...” degan
Duoni boshimga soyabon etdim.

Unutdim armonni, zardgulni uzdim,
Sidirdim yoʻltoʻsar dardshakl izni.
Sizga-da soʻrayin ofiyat, doʻstim,
Evaziga siz ham soʻrang shu soʻzni..!

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xayrulla Hamidov sheʼri: “Charchoq”