16:04 / 12.02.2019
6 747

Bularni menga hayot o‘rgatdi...

Bularni menga hayot o‘rgatdi...
* Kenglik va xotirjamlikni o‘rgandim. O‘limdan boshqa hech narsa muhim emas.
* Kayfiyatim bo‘lmasa, xomush va tushkun bo‘lsam buning uchun hech kimning aybi yo‘qligini o‘ylab, tabassum qilish kerakligini o‘rgandim.
* Jasurlikni, hatto jur’at topolmasam jasoratlidek harakat qilishni o‘rgandim. Bular orasidagi farqni hech kimsaga sezdirmaslik o‘z qo‘limda.
* Noroziligim faqat o‘n besh daqiqa davom etishini, undan keyin albatta nimalarnidir bilishim kerak bo‘lishini o‘rgandim.
* Hech kim sir saqlayolmasligini o‘rgandim. Chunki nimanidir eshitgan inson albatta bu haqida kimgadir aytishni istaydi.
* Javobini bilmaganim va amin bo‘lmaganim masalalarda “Bilmayman” deyishning nihoyatda foydali ekanini o‘rgandim.
* Og‘zim yumilganida xatolarim ko‘paymasligini o‘rgandim!
* Muvaffaqiyat lift emasligini, uni qo‘lga kiritish uchun ko‘tarilishni o‘rgandim.
* Atrofdagi insonlarning menga faqat o‘z iznimga ko‘ra muomala qilishlarini o‘rgandim.
* Qizg‘onchiqlik, hasad baxtiyorlikning dushmani ekanini, baxtli bo‘lish uchun atrofingdagilarga ishonish oxiri ko‘rinmas siniqlikka giriftor qilishini o‘rgandim.
* Odam o‘zidan ko‘ra omadsiz kishini ko‘rganda omadidan, baxtsiz insonlarni ko‘rganda baxtiyorligidan gapirmasligini o‘rgandim.
* Boshqalarni mensimay, iztirob beradigan, ko‘nglini og‘ritadigan kimsalar aslida kuchsiz va ojiz ekanligini, muhabbatni, sevishni faqat kuchli insonlar bilishini o‘rgandim.
* Odamlardan xafa bo‘lmayman. Chunki hayotida xatolari, muammolari, baxtsizliklari bo‘lgan kishilar atrofidagilarni ham o‘ziday bo‘lishini o‘rgandim.
* “Men qanday qilib bu xatolikka yo‘l qo‘ydim?” deyish o‘rniga, eng mukammal o‘ylaydigan kishilar ham xato qilishini, muhimi xatolardan saboq olish va ulardan kamroq zarar ko‘rishni o‘rgandim...
* Hayotdagi eng ahamiyatli yechim — nimaning muhim ekanini anglash va boshqasini orqaga tashlash ekanligini o‘rgandim.
* Meni tanqid qiladigan, meni tahlil qiladigan, aql o‘rgatishga urinadiganlarga javob bermaslikni o‘rgandim. Chunki bu tortishuv hech qachon tugamaydi.
* Faqat saboq olish uchun orqamga qarashni, yechim uchun, yordam istab emas, faqat baland tovushda o‘ylay tolish uchun muammoimni kimgadir aytishni o‘rgandim.
* Imkonsiz, bo‘lishi mumkin bo‘lmagan narsaning o‘zi yo‘qligini, qat’iy istak chorasiz tuyulgan har bir eshikka chora deyilgan kalit bo‘lishini, haqiqiy kurash — g‘alaba qozonish uchun kichik muvaffaqiyatlarni yo‘qotmaslikni o‘rgandim.
* Vaqt va so‘zni e’tibor bilan sarflashni o‘rgandim. Chunki ularni qaytarib ololmayman.
* Qanchalik harakat qilmay, ayrimlar o‘zini baxtsiz his qilish uchun sabab topa olishini o‘rgandim. Endi kimnidir baxtli qilishga urinmayman.
* Odamlarning men haqimdagi fikri emas, o‘zim haqimda qanday o‘ylashim ahamiyatli ekanini o‘rgandim. Boshqalarning fikri bilan o‘zimni aybdor his qilmayman.
* Kechirish va unutish. Agar inson kuchli bo‘lsa o‘ziga qilingan nohaqliklarni unutishi va kechirishini, gina-adovat qalbdan xotirjamlikni yo‘qotishini o‘rgandim.
* Qayerda, qanday sharoitda bo‘lmasin, yashaydigan joyimni go‘zal va obod qilishni o‘rgandim...
* Har doim “Men to‘g‘riman, men haqiqatni aytaman, sen boshqachasan!” deganlarga ishonmaslikni o‘rgandim.
* Ahvol qanchalik vahimali bo‘lsa-da, sovuqqonlikni yo‘qotmaslikni, tabassum qilishni, hamma narsaning negativ va yomon jihatini ko‘radiganlardan uzoqlashishni o‘rgandim.
* Jahlimni chiqargan insonga javob berishdan avval o‘n soniya o‘ylashni, nafas olib o‘zimni tinchlantirishni o‘rgandim.
* Bugungi har bir qayg‘uim, har iztirobim ertangi baxtimga joy hozirlayotganini o‘rgandim.
* Bajarishim kerak bo‘lgan ishlardan aslo voz kechmaslikni, ro‘yolar ba’zida ko‘zga ko‘rinadigan haqiqatlardan kuchli bo‘lishini va bunga ishonish muvaffaqiyatga olib boruvchi eng qisqa yo‘l ekanligini o‘rgandim.
* “Yo‘qotadigan nimam bor?” deyish o‘rniga, “Qo‘lga kiritishim kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor!” deyishni o‘rgandim.
* Hayotni keragidan ortiq jiddiy qabul qilmaslikni o‘rgandim.
* Eng muhimi o‘z o‘zimga kulishni, o‘zim bilan xushchaqchaqligimni va o‘zimni sevishni o‘rgandim.
“Stress va iymon” kitobidan
Umida AZIZ tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bularni menga hayot o‘rgatdi...