Sutning qanday turlari bor va ular nimasi bilan foydali?

  • 12 fevral 2019, 21:50
  • 2 197
  • Hayot tarzi
  • Sutning qanday turlari bor va ular nimasi bilan foydali?
    Ko‘pchilik odamlar sigir sutidagi oqsilni hazm qilolmaydi. Shuning uchun uning o‘rnini nima bilan almashtirish borasidagi masala dolzarb. Hayvon oqsili o‘rniga o‘simlik oqsilini iste’mol qilish yomon fikr emas. Shuning uchun bugun o‘simliklar sutining qanday turlari mavjudligi haqida so‘z yuritamiz.

    Yong‘oq suti
    Kokos, kedr, bodom, xandon pista suti aynan shu guruhga tegishli. Ular orasida eng yog‘lisi – kokosdan olingan sut. Bundan tashqari, uning tarkibida V vitamini guruhlari, mis, marganets, selen, fosfor, magniy va kaliy mavjud.

    Kokos sutini iste’mol qilish yomon xolesterin darajasini pasaytirishi ilmiy jihatdan isbotlangan. Bodom suti tarkibida Ye vitamini yuqori darajada. Bundan tashqari marganets ham mavjud.

    Agar taom tarkibida bodom sutini muntazam iste’mol qilinsa, insulin sekretsiyasi va sintezi normallashadi. Ushbu yong‘oq po‘stlog‘ida viruslarga qarshi ta’sirga ega modda bor.

    Pistalardan olingan sut
    Bu guruhga kunjut, kanop, qovoq va zig‘irdan olingan sutni kiritish mumkin. Kunjut suti organizmdagi kalsiy, fosfor va temirga bo‘lgan ehtiyojni to‘ldiradi. Kanop suti esa omega-6 va omega-3 yog‘ kislotalariga ega.

    Shuningdek, uning tarkibida D va Ye vitaminlari ko‘p.

    Qovoq urug‘laridan olingan sutda teri go‘zalligi uchun zarur bo‘lgan foydali mikroelement va vitaminlar ko‘p miqdorda. U organizmni turli allergenlardan himoya qilishda yordam beradi.

    » » Sutning qanday turlari bor va ular nimasi bilan foydali?