13:51 / 13.02.2019
5 736

Olimlar kelajakda odamlarning tishi kam, bo‘yi esa baland bo‘lishini aniqladi

Olimlar kelajakda odamlarning tishi kam, bo‘yi esa baland bo‘lishini aniqladi
Foto: «Vladtime.ru»
Olimlar kelajakda insonning tishlari soni va mushaklari kamayib ketishini e’lon qildi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
«Ba’zi organlar asta-sekin yo‘qolib ketadi. Ko‘richak o‘ttiz yil avvalgiga nisbatan uch barobarga kichrayadi», — deydi olimlar.

Shuningdek, olimlar odamning bo‘yi ikki metrdan baland bo‘lishini ham bashorat qilmoqda. «Bo‘y bilan bir vaqtda barmoqlar uzunligi ham o‘sadi. Yumshoq ovqatlar sabab tishlar soni kamayadi va og‘iz bo‘shlig‘i kichrayadi», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, irqlar aralashishi sabab terining rangi qorayishi, quyosh nuri ta’sirida chuqur ajinlar paydo bo‘lishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar kelajakda odamlarning tishi kam, bo‘yi esa baland bo‘lishini aniqladi