00:30 / 14.02.2019
8 907

Munajjimlar bashorati: 14 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 14 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz neytral holatda o‘tishi kutilmoqda. Ya’ni, aytarli yirik hodisalar yuz bermaydi. Hayotning sokin to‘lqinlari yordamida asta oldinga intilishda davom etasiz. Lekin kunning ikkinchi yarmida hayot to‘lqinlari zalvorli tus olishi mumkin. Bu holat kommunal to‘lovlarni amalga oshirganingizdan keyin kuzatiladi. Lekin baribir pulsiz qolib ketmaysiz. Xudo rizqingizni beradi. Kechqurun yana xotirjam tortasiz. Lekin toza havoda sayr qilish yodingizdan ko‘tarilmasin.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
14 fevralda kayfiyatingiz pastdan balandga sakrab kuydirishi mumkin. Siz kayfiyatni me’yoriy holatda bo‘lishini ta’minlash uchun harakat qilishingiz kerak. Tushdan keyin yangi loyihalarni hayotga tadbiq etish bilan shug‘ullanasiz. Moliyaviy muammolar bugun faqat sizning foydangizga hal bo‘ladi. Ayrimlar bu masalada xavotirli lahzalarni boshdan kechirishi mumkin. Ammo bu o‘tkinchi. Kechqurun to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor qarating.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kelajakda martabangiz bog‘liq bo‘lgan odamlarga yanada yaqinlashish payida bo‘ling. Juda qarindoshlardek bo‘lib ketmasangiz-da, munosabatlar maksimum darajada iliq kechishi lozim. Oila qurmaganlarning ba’zilari bugun olis safarga otlanishi kutiladi. Safar davomida siz romantik tanishuvni boshdan kechirishingiz mumkin. Baxtingiz kula boshlagani rost bo‘lsin. Bundan tashqari, yana bir inson bilan ham tanishasiz. U ishingiz doirasida kerakli odamga aylanadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
14 fevral kuni shubha va xavotirlarni yengib o‘tishingiz uchun imkoniyatning barcha eshiklari ochiq turadi. Ammo atrofdagilarga ojiz jihatlaringizni aslo ko‘rsata ko‘rmang. Yaqinda tadbirkorga aylangan bo‘lsangiz, bugun raqobatchilarga qarshi keskin kurash olib borishingiz mumkin. Tayyor turing. Salomatligingizni mustahkamlash harakatida bo‘ling. Rejimga amal qilgan holda ovqatlaning. Iloj topsangiz, basseynda cho‘miling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Arslon burji ostida tug‘ilgan oilasizlar kayfiyati bugun rosmana bayramona bo‘ladi. Tuyg‘ular siz uchun birinchi o‘rinda turadi. Bo‘lg‘usi juftingiz ham xuddi shunday kayfiyatda bo‘ladi. Demak, yigitlar bo‘lg‘usi juftidan to‘y kunini belgilashni talab qilishlari mumkin. To‘g‘ri-da, qachongacha cho‘zib yurish mumkin?!. To‘g‘rimi? Moliyaviy muammolarni bartaraf etish ham kunning zarbdor mavzusiga aylanishi mumkin. Ayrimlar birovdan qarz ko‘tarishgacha boradi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
14 fevralda yolg‘iz qolish, ish o‘rniga dam olish uchun bir dunyo bahona ko‘ndalang keladi. Lekin ro‘zg‘ordagi ikir-chikirlar kutib turmaydi. Baribir harakatga tushishingiz kerak bo‘ladi. Ayollar tashqi ko‘rinishini tubdan o‘zgartirish niyatida yurgan bo‘lsalar, bugundan qoldirmasinlar. Sochlaringizning yangi, yorqin ranglarga bo‘yalishi ham barchani hayratga solishi tayin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. To‘g‘ri ovqatlaning.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ish joyingizga borgach, o‘ta jiddiy va yirik loyihalarni rahbariyat bilan maslahatlashgan holda amalga oshirishni boshlang. Ular sizga ishonishadi, ammo maslahatli to‘y tarqamas degan gaplar ham bor. Nimadandir shubhangiz bo‘lsa, birovlarga ko‘rsatmang, sezdirmang. Shaxsiy biznesiga egalar bugun sheriklar bilan hamkorlikda yangi ishlarga qo‘l urishlari mumkin. Bu ish muvaffaqiyat keltiradi. O‘zingizni ehtiyot qiling. Salomatligingizni saqlang.

ChAYОN (24. 10 — 22. 11)
14 fevral kuni kayfiyatingiz jangovar ko‘rinishda bo‘ladi. Shunday ekan, har qanday ishni do‘ndirib tashlash quvvatiga ega bo‘lasiz. Og‘irroq yumushlarni tajribasi siznikidan ko‘proq hamkasb ko‘magida amalga oshirganingiz ma’qul. Kunning ikkinchi yarmida xonadoningizda tantanali tadbir bo‘lib o‘tishi kutiladi. Shaxsiy mashinangiz bo‘lsa, bugun aslo rulga o‘tirmang. Jarohat olishingiz xavfi bor. Surunkali xastalikka chalinganlar bugun hushyor tursinlar. Atmosferadagi magnit bo‘ronlari salbiy ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘ymasinlar.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugungi hayotingiz xuddi yoqimli qo‘shiq kabi kechadi. Faollikni qo‘ldan bermay, zimmangizdagi vazifani mustaqil amalga oshira bilsangiz, ishoning, mukofot-u olqishlar faqat sizniki bo‘ladi. Oilasizlar muhabbatda bugun bir-biridan ajoyib yoqimli lahzalarni boshdan kechirishadi. Bo‘lg‘usi juftingiz anchadan beri siz kutgan yangilikni aytishi ehtimolga yaqin. Kechqurun ba’zi do‘stlarimiz favqulodda safarga otlanishi mumkin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
14 fevralda tabiatingizga xos realistlik ish beradi. Barcha ishlarni mustaqil, aql va faollikni ishga solgan holda ado eta boshlaysiz. Moddiy ahvolingiz ham harakatlaringizga yarasha yaxshidan-da yaxshi kechadi. Demak, xaridlar masalasida tejamkorlik haqida o‘ylab o‘tirmasangiz ham bo‘ladi. Bugun xohlagan buyumingizni xarid qilish imkoniga ega bo‘lasiz. Kechqurun ayrimlar safarga chiqishi kutilmoqda. Safar ham sizga moddiy manfaat keltiradi, ishoning. Omadingizni bersin.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz quvonchli boshlanadi. Tashqaridagi havo ham sizning yo‘rig‘ingizda bo‘ladi. Quyoshli va iliqlik ufurib turgan kun davomida sizga omad kulishda, qo‘lingizga pul kelib tushishda davom etadi. Yolg‘izlar kunning ikkinchi yarmida sevgilisi bilan telefon orqali suhbatlashishlari mumkin. Ovqatlanishda me’yorni bilishingiz tavsiya etiladi. Kechqurun oilangiz davrasida dam oling. Birpas kitob varaqlash ham ziyon qilmaydi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
14 fevral kuni istaklaringiz, orzularingiz haqiqatga aylanadi. Ishxonangizda zimmangizga yirik bir vazifani yuklashadi. Bu vazifani a’lo darajada uddalaysiz albatta. Kun davomida yomon xayollarni miyangizga yaqin keltira ko‘rmang. Chunki bugun sizni faqat yaxshiliklargina qurshab turadi. Faqat qarindoshlar bilan bahslashish shart emas. Ulardan biri daf’atan kayfiyatingizni bir pul qilishi mumkin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 14 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?