11:46 / 18.02.2019
7 699

"Aql yoshda emas boshda"

"Aql yoshda emas boshda"
Hozirda 14 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni "o‘smirlar" deyiladi. "O‘smirlik" bu g‘arbga oid termin bo‘lib, yoshlarning beboshligini haspo‘shlash maqsadida o‘ylab topilgan. Islomda esa buyuklikka erishish uchun yosh cheklanmagan. Ummatimiz yoshlariga va ular erishgan yutuqlar bilan tanishib chiqing. Zora, ibrat olsak.

1. Abdurrahmon Nosir. 21 yosh.
Uning asri Andalus davlatining oltin davri edi. U boshidan ko‘p iztiroblarni o‘tkazdi. Bunga qaramay o‘z davrida eng qudratli davlat barpo qilib ilmiy uyg‘onishga ham erishdi. Yevropa qo‘mondonlari unga havas ila boqishar edi.

2. Muhammad Fotih. 22 yosh.
Vizantiya poytaxti Konstantinopolni fath qildi. O‘sha paytgacha ne-ne katta yoshlilar uni fath qilishga urinishmagan deysiz.

3. Usoma ibn Zayd. 18 yosh.
Abu Bakr va Umar roziyollohu anhumo kabi katta sahobalar bo‘la turib yer yuzining eng katta qo‘shinlaridan biriga qarshi musulmonlar qo‘shinini boshqargan.

4. Muhammad Qosim. 17 yosh.
O‘z davrining malakali qo‘mondonlaridan bo‘lgan. Sindni fath qilgan.

5. Sa’d ibn Abi Vaqqos. 17 yosh.
Alloh yo‘lida birinchi bo‘lib kamon otgan inson. Olti sho‘ro sohiblaridan. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga ishora qilib: "Bu mening tog‘am. Sizlar ham menga tog‘angizni ko‘rsating", degan edilar.

6. Arqam ibn Abil Arqam. 16 yosh.
Ketma-ket o‘n uch yil uyini Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qarorgoh qilib bergan.

7. Talha ibn Ubaydulloh. 16 yosh.
Arablarning eng oliyjanob kishilaridan. Uhud g‘azotida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o‘lim uchun bay’at qilgan. U zotga kelayotgan nayzani qo‘li bilan qaytarib qo‘li ishlamay qolganida gavdasi bilan u zotga qalqon bo‘lgan.

8. Zubayr ibn Avom. 15 yosh.
Islomda birinchi qilich yalang‘ochlaganlardan. U Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning havoriylari edi.

9. Amr ibn Kulsum. 15 yosh.
Tug‘lab qabilasini boshqargan. U qabila haqida: "Agar Islom kelmaganida Bani Tug‘lab insonlarni yeb qo‘yar edi", deyishgan.

10. Muoz ibn Amr ibn Jamuh. 13 yosh
Muavviz ibn Afro. 14 yosh.
Badr jangida Abu Jahlni o‘ldirishgan. Abu Jahl o‘shanda mushriklar qo‘shini qo‘mondoni edi.

11. Zayd ibn Sobit. 13 yosh.
Vahiy kotibi bo‘lgan. O‘n yetti kunda suryoniy va ibroniy tilini o‘rgangan va Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga tarjimonlik qilgan. Allohning kitobini yod olgan. Qur’onning jamlanishida katta hissasi bor.

12. Itob ibn Usayd. 18 yosh.
Nabiy sallallohu alayhl va sallam uni Makkaga voliy qilib qo‘yganlar.

13. Molik ibn Anas. 17 yosh.
Ana shu paytdan fatvo bera boshlagan. U Zot: "Meni fatvo aytishim uchun Madinaning yetmishta ulamosi guvohlik bermagunicha fatvo uchun o‘tirmaganman", degan.

14. Abdulhay Laknaviy. 17 yosh.
Bu yoshda sarf, nahv, maoniy, bayon, mantiq, hikmat, tib, fiqh, ilmi kalom, hadis, tafsir va boshqa ilmlardan forig‘ bo‘lgan. Sabiylik vaqtidayoq "Imtihanut talaba fiy siyag‘il mushkila", "Tibyon fiy sharhil mezon" nomli kitoblarini yozgan. U zot 110 ta kitob yozib 39 yoshida vafot etgan.

Endi "bu hali yosh, tajribasi yo‘q, bu o‘spirin" kabi iboralarni lug‘atimizdan olib tashlab yoshligidan farzandlarimizga diniy va dunyoviy bilimlarni (aslida ilmni diniy va dunyoviyga bo‘linmaydi) o‘rgatib boraylik.

Ana shunda inshaalloh ularni buyuk insonlar bo‘lganini ko‘rib "hali yosh, o‘smir, o‘spirin, sal ulg‘aysin" kabi so‘zlar farzandlarimiz kelajagini barbod qilayotgan so‘zlar ekanini ko‘ramiz.
Internet materiallari asosida Saida Ibodinova tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Aql yoshda emas boshda"