13:00 / 18.02.2019
5 756

Go‘zal o‘rnak...

Go‘zal o‘rnak...
Ayol erta tongdan turmush o‘rtog‘ini nonushta uchun uyg‘otdi. Er -xotin birga nonushta qildi.

Nonushta qilib bo‘lgach, er kishi ishga ketish uchun kiyimlarini kiyish taraddudida bo‘ldi.
Kalitlarini olish uchun kutubxonaga kirdi va ko‘zi tasodifan kutubxonadagi chang-g‘uborlarga tushdi.

Kutubxonadan o‘zini xotirjam tutgan holatda chiqdi va ayoliga: “Azizam, menga kutubxonadan kalitlarimni keltirib bera olmaysizmi?”, dedi. Ayol erining iltimosiga labbay, deya kutubxonaga kalitlarni olib chiqish uchun kirdi.

U yerda chang-g‘uborlar ustiga “Azizam, men sizni yaxshi ko‘raman!”, deya yozib qo‘ygan yozuvni ko‘rdi. Kalitlarni olgach, xonadan chiqish uchun ortiga qayrilgan edi, televizor ustidagi chang-g‘uborlarga ham “Umrimning mazmuni!”, deya yozilgan yozuvni ko‘rdi.

Ayol ushbu yozuvlarni o‘qib kutubxonadan chiqdi. Kalitlarni eriga berar ekan, turmush o‘rtog‘ining qilgan tanbehini tushunganini va tez orada uy jihozlariga e’tibor qilishini bildirish maqsadida erining yuziga go‘zal tabassum qildi.

Xulosa: Yuqorida keltirilgan holatni ayol (yoki erkak) xatosini unga go‘zal muomala qilish bilan tanbeh beradigan oqil inson qiladi!

Aslida, e’tibor berilsa, bu yerdagi ayb-nuqsonning ortidan keladigan mahzunlikni xursandchilikka o‘zgartirish va ayb-nuqsonni go‘zal uslub orqali tan oldirish bor!. Qolgan xulosa o‘zingizdan...
Elyorbek Erkinbek

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Go‘zal o‘rnak...