00:26 / 19.02.2019
7 539

Munajjimlar bashorati: 19 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 19 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun qanday niyatda bo‘lishingizdan qat’i nazar baribir keskin kurashlar olib borishingiz kerak bo‘ladi. Busiz ezgu maqsadlar yuz ko‘rsatmaydi. Lekin xavotirga tushishingiz asossiz. Chunki sizni qo‘llab-quvvatlashga tayyor yaqinlaringiz bor. Ulardan hech bir ish qochib qutula olmaydi. Tadbirkorlarning yaqindagina xorijlik hamkorlar bilan tuzgan kelishuvi nimadir sabab bo‘lib yo‘qqa chiqishi mumkin. Kechqurun ovqatlanish rejimiga amal qiling. Toza havo sayrini unutib qo‘ymang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
19 fevralda sizga qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish taklif qiladiganlarning sanog‘i bo‘lmasligi mumkin. Demak, tanlash imkoniyatingiz bisyor. Kun mobaynida dam olish uchun ham vaqt ajratishni unutmang. Oilasiz bo‘lsangiz, bugun romantik tanishuvlardan voz keching. Muvaffaqiyatsizlikka uchraysiz. Behuda vaqt o‘tkazganingiz qoladi. Undan ko‘ra, salomatlikni mustahkamlash amalini qoyillating.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yaqin do‘stlar bilan munosabatlarda jiddiy, ehtiyotkor bo‘ling. Agar tinglovchi rolini ijro etsangiz ham ziyon ko‘rmaysiz. Ularning ayrimlari sizni quyushqondan chiqarish, shuning yordamida tomoshangizni ko‘rish istagida bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas. Hozirgi kunda do‘stlarga ham ishonib qolish bekor ekan-da, qurib ketsin! Ishxonadagi ishlarni ado etishda ijodiy salohiyatingizni ishga soling. Shaxsiy biznesiga egalar belni mahkam boylab ish boshlayversinlar, bugungi daromad kechagisidan ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
19 fevral kuni ko‘pgina tashvishli lahzalarni boshdan kechirishingiz mumkin. Hamkasblar, do‘stlarga nisbatan munosabat yuritishda emotsiyangizni jilovda ushlang. Yaxshi insonlarni emotsiya ta’sirida bilib-bilmay ranjitib qo‘yish yaxshi emas, to‘g‘rimi? Kunning ikkinchi yarmida ko‘pchilik kvartira oldi-sotdisi bilan mashg‘ul bo‘lishi kutiladi. Kechqurun yotishdan oldin faqat sut mahsulotlari iste’moli bilan cheklaning.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Erta tongdanoq ko‘plab axborotlar ola boshlaysiz. Ularning ko‘pchiligi qo‘shimcha daromadli ish takliflaridan iborat bo‘ladi. Bu takliflarni o‘zingiz tanigan, qadrlaydigan odam keltiradi. Albatta rozi bo‘ling. Kunning ikkinchi yarmida tashqi ko‘rinishingizni yaxshilash, salomatlikni mustahkamlash bilan band bo‘ling. Basharti nimadir bezovta qilayotgan bo‘lsa, darrov vrach qabuliga chiqib keling. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
19 fevralda moddiy ahvolingiz biroz yaxshilanadi. Pullar turli joy va turli odamlardan kelib tushadi. Ammo ularning barchasini zahirangizga berkiting. Darrov ishlatib tashlashga urinmang. Ayniqsa, yirik xaridlardan qoching. Juftingiz bilan o‘zaro munosabatlar ham tobida bo‘ladi. Faqat sevishingizni tez-tez eslatib tursangiz, kifoya. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatlikni mustahkamlash haqida unutib qo‘ymasinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun ko‘proq oilaviy, ro‘zg‘or yumushlarini ado etishingiz tavsiya etiladi. Boshqalarning muammolariga berilsangiz, shaxsiy ishlaringiz bajaruvsiz qolib ketadi. Oilangizda bartaraf etilishi lozim bo‘lgan muammolar qalashib yotibdi. Kechqurun farzandlar tarbiyasi bilan shug‘ullanishga ham vaqt ajrating. Keyin esa birgalikda biror qiziqarli filmni tomosha qiling yoki toza havoda birgalikda sayr qiling.

ChAYON (24. 10 — 22. 11)
19 fevral kuni sizni ko‘ra olmaydigan bir kimsa bilan to‘qnashishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Xotirjamlikni qo‘ldan bermang. O‘zingizga ishongan holda harakatlar sodir eting. Sizni behuda ranjitishlariga yo‘l qo‘ymang. Bugun tabiat qo‘yniga chiqib dam olish, sport bilan shug‘ullanish, tanani chiniqtiruvchi muolajalar muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurun to‘g‘ri ovqatlaning. Bugun uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan kelishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun shoshilishingiz, tezkor qarorlar qabul qilishingiz, ko‘nglingizdan kechgan gaplarni qoldirmay egalariga yetkazishingiz tavsiya etilmaydi. Bu sizni hatto eng yaqin kishilaringizdan ham ayro etib qo‘yishi hech gap emas. Tilga juda ehtiyot bo‘ling. Salomatligingiz ham ancha kundan beri sizni bezovta qilmoqda. To‘g‘ri ovqatlanishingiz va sport bilan shug‘ullanishingiz kerak. Shunda salomatlik ham asta-sekin izga tushadi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
19 fevralda foydali ishlar uchun kuch va imkoniyatlarni ayamay sarflasangiz, kuningiz albatta unumli kechadi. Mas’uliyatni unutmasdan, qat’iyatli bo‘lsangiz, har qanday og‘ir yumushni ham qoyillatib bajara olasiz. Yoga va ijod bilan shug‘ullanadiganlarning ruhiyati yuksaklarda bo‘lishi kutiladi. Shu bahonada yangi, hali hech kim bilmaydigan iste’dodingizni namoyish etish imkoniga ega bo‘lasiz. Kechqurun ayrimlar g‘alatomuz SMS xabar olishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni bajarishda tafakkurga suyaning. Tepangizda qora bulutlar yo‘q. Ular haqida o‘ylashdan nari bo‘ling. Shunda ishda yangiliklar yaratishga muyassar bo‘lasiz. Sizga nisbatan tajribasi ko‘proq hamkasblardan bilmaganlaringizni o‘rganing, albatta foyda ko‘rasiz. Kunning ikkinchi yarmida uy ta’miri va shu kabi mayda-chuyda ishlar bilan band bo‘lishingiz ehtimoli bor.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
19 fevral kuni ertalab vujudingiz kuch va g‘ayratga liq to‘la holatda uyg‘onasiz va darhol ishga tushish payida bo‘lasiz. Sizga ko‘makchilarning ham zarurati bo‘lmaydi. Juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan munosabatlaringiz sovuqlashishi mumkin. Lekin bunda sizning aybingiz yo‘q. Xotirjam bo‘ling. Kechqurun kimdir moliyaviy masalada ajoyib taklif bilan murojaat etishi kutilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 19 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?