12:32 / 21.02.2019
9 422

Duo muolaja qanday ta’sir qiladi?

Duo muolaja qanday ta’sir qiladi?
Zamonaviy tibbiyot keyingi ellik yilda aql bovar qilmas darajada shiddat bilan rivojlanib, har qanday darddan xalos bo‘lish umidini berishda davom etyapti. Soha mutaxassislari ham bizning uzoq umr ko‘rishimiz uchun izlanayotganini iddao qiladilar. Ammo shunga qaramay, keyingi paytlarda tibbiy muolajaga muqobil ravishda ruhiy quvvat, duo, ma’naviy muolaja kabilarni hammamiz katta qiziqish bilan kuzatamiz.

Duo nima? Duo va muolaja bog‘liqligini tabobatchilar qanday izohlashadi? Zamonlar osha rivojlanib borayotgan zamonaviy meditsina muolajalariga qaramay, duo va iymon muolajasida bizni asraguvchi nima bor?

“Istash”, “Talab qilish”, “Tilash” ma’nolarini bildiradigan duo bizga qanday eshiklarni ochadi, ularni bir qur ko‘zdan kechiramiz.

Duo bilan eng avvalo bizni yaratgan va bizga shifoni va’da qilgan Alloh taolo bilan ruhiy muloqotga kirishamiz. Xastalik — biz insonlar uchun ojizlik, muhtojlikdir. Ojizlik insonni samimiylikka yo‘naltiradi. Samimiyat esa muhabbat va barakatdir. Bu ruhiyatda insonning ko‘nglidan kechganlari tiliga keladi va tabiiy ravishda miyada ayrim gormonlar sekretsiyasini ishga tushiradi. Bosh asab tizimi va ichki sekretsiya bezlari bu modda va gormonlardan ijobiy ta’sir qilishi juda ko‘p tadqiqotlar natijasida ro‘yobga chiqqan. Miya va ongda paydo bo‘lgan bu o‘zgarishlar to‘qimalar va tana a’zolarimiz uchun biz xayolimizga keltirmagan shifolarga vasila bo‘ladi.

Duo o‘z ta’siri bilan dahshatli, hurkitovchi o‘lim kabi yo‘qlikka qarab borayotgan inson tanasini sokinlashtiruvchi himoya devoriga o‘xshaydi. G‘arb olamida e’tiqod va ishonch bir qancha kasalliklarni davolashda qo‘llanilganini yaxshi bilamiz. Inson ruhiyati iymondan quvvat olish bilangina tetiklashadi. Bir so‘z bilan aytganda, duo — ruhiy muolaja. Olib borilgan ko‘p sonli tadqiqotlar, hanuz davosi topilmayotgan saratonning ba’zi xastaliklarida duo bilan birgalikda zamonaviy muolaja olib borilgani va bu bilan immun tizimi quvvatlanib, bemorlar sog‘ayganini taqozo qiladi.

Duo bilan shifo topsa bo‘ladimi?
O‘tgan yillarda Amerikan Duke universitetida o‘tkazilgan tajribada musulmon, xristian, yahudiy va buddistlar dan tuzilgan og‘ir xastalikka uchragan bemorlar guruhining yaqinlaridan xastalarning haqiga duo qilish so‘raldi. Bemorlar va shifokorlarning bundan bexabar edilar. Olti oydan keyin qat’iy duolar bilan surat va tinchlantiruvchi musiqa muolajasini olgan guruhda boshqalardan ko‘ra oz o‘lim qayd etildi.

O‘tkazilgan tibbiy -ilmiy tadqiqotlar shuni taqozo qiladi-ki, inson go‘sht va suyakdan boshqa o‘ziga xos xususiyatlar bilan yaratilgan. Bir kasallik har xil insonda turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi va muolaja natijasi ham ayricha bo‘ladi. Ayni dori bir bemorning sog‘ayishiga sabab bo‘lsa, boshqa bir bemorga salbiy ta’sir qilishi va hattoki o‘limga ham olib borishi mukin. Bu kabi misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Butun olamlarni va bizni yo‘qdan bor qilgan buyuk Robbimiz yaratish qudrati kabi, shifo qudratiga ham ega ekanligini bizga o‘z hikmati bilan uqtiradi. Alloh taolo o‘limdan boshqa barcha dardlarning davosini yaratganining xushxabarini beradi. Shuning uchun ham shifo izlayotganimizda ilohiy va’da haqiqati nuqtai nazaridan ham muolajaga yondashishimiz kerak. Zamonaviy tibbiyot ham aynan mana shu narsani tan olishga majbur bo‘lyapti.

Shuni yaxshi bilamizki, har turli kasallikning muolajasida shifokor va bemor suhbati ahamiyatli. Bemor darddan forig‘ bo‘lishi uchun shifokor va muolajaga ishonishi kerak. Shifokor bemorning sog‘ayishi uchun zarur tavsiya va maslahatlarni berishi muhim ahamiyatga ega. Mana shu uch narsa muolaja va shifo topishga yordam beradi.

Hozirgi kundagi bilimlarimizga ko‘ra, zamonaviy tibbiyot borgan sari jiddiy e’tibor qaratayotgan duo muolajasida hanuz hech kimning xayoliga kelmagan boshqa sirlar ham bo‘lishi mumkin. Bunga endi Alloh taoloning qudrati va izni bilan vaqti kelganda iqror bo‘lamiz.
Umida ADIZOVA tayyorladi

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Duo muolaja qanday ta’sir qiladi?