17:54 / 21.02.2019
5 589

Sevgi viruslar bilan kurashuvchi eng zo‘r "raqib" ekan...

Sevgi viruslar bilan kurashuvchi eng zo‘r "raqib" ekan...
Muhabbat hissi ayollar immun tizimiga juda ajoyib ta’sir ko‘rsatadi deb yozadi "Hordiq" nashri.
Kaliforniyaning Tuleyn Universiteti olimlari ikki yil davomida maxsus tajriba o‘tkazishdi. Ular 47 nafar ayolni tanlab olib, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi va har hafta ularning shaxsiy hayoti bilan qiziqib, kundalikka yozib borishdi.

Agar qaysidir ayol biror inson bilan tanishib, uni sevib qolganini aytsa, uni darhol tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, qonidan tahlil olishgan. Bundan ma’lum bo‘ldiki, sevish va sevilish davomida ayollar qonidagi genlar faolligi oshib, viruslarga qarshi kuchli himoya hosil qilgan.
Olimlar bunga sabab ayol organizmining bo‘lajak yaqinlikka nisbatan himoyasi deb talqin etishmoqda. Chunki jisman yaqinlik ayol organizmiga notanish viruslarni yuqtirishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sevgi viruslar bilan kurashuvchi eng zo‘r "raqib" ekan...