08:04 / 22.02.2019
6 280

Sufyon Savriyni yig‘latgan ayol...

Sufyon Savriyni yig‘latgan ayol...
Abdulloh ibn Muborak aytadi: Sufyon Savriy ko‘falik Ummu Hison ismli juda ham taqvodor va obida ayol haqida so‘zladi.
Ikkalamiz u ayol uyiga ziyoratga bordik. Uyda bir parcha namat bo‘lagidan boshqa narsa yo‘q, o‘ta g‘arib holda edi.

Sufyon Savriy unga:
- Agar qarindoshlaringizga bu holatingiz haqida bildirsangiz, sizga yordam berishib, ahvolingizni o‘nglashar edi, - dedi.

Shunda ayol unga dedi:
- Ey Sufyon! Shu paytgacha siz qalbimga ulug‘, ko‘zimga viqorli ko‘rinar edingiz.

Men dunyoni uni berishga Qodir, uning Moliki bo‘lgan, unda hukm qiladigan Zotdan so‘ramayman. Endi uni berishga qodir bo‘lmagan, moliki bo‘lmagan, unda hukm qilmaydigan kimsadan qanday qilib so‘rayman?!

Ey Sufyon! Biron bir vaqt yo‘qki, u vaqtda Allohdan boshqa narsa ila mashg‘ul bo‘lib, Alloh zikridan qolishni aslo istamayman.
Sufyon Savriy uning bu so‘zlaridan yig‘lab yubordi.

Abdulloh ibn Muborak aytadi: Menga yetishicha, Sufyon u ayolga uylandi.

Taqvodor bo‘lsa ayol, erlardan-da yaxshidir!
Xoliqdan qo‘rqishi-la, yaxshilarning naqshidir!
Ibnul Javziyning "Sofvatun niso" kitobidan
Sunnatulloh ABDULBOSIT

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sufyon Savriyni yig‘latgan ayol...