00:51 / 22.02.2019
8 883

Munajjimlar bashorati: 22 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 22 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kayfiyatingiz har kungidek ko‘tarinki bo‘lmasligi mumkin. Bu ishdagi faolligingizga ham, shaxsiy hayotingizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Yolg‘iz qolishga, yaqin o‘tmishda bo‘lib o‘tgan yoqimli hodisalarni eslashga, shu bahonada qayta kuch yig‘ishga harakat qiling. Aks holda bunday kayfiyat bilan boshi berk ko‘chaga kirib qolishingiz turgan gap. Agar shaxsiy biznesingiz bo‘lsa, maksimum kuchingizni shu biznesga bag‘ishlang. Ana shunda albatta ko‘zlangan daromadga ega bo‘lasiz.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
22 fevralda ishxonadagi bajaradigan yumushlaringizda inqilob yasang. Yangilik yarating. Shunday qilingki, hech kim sizni tanqid ostiga ola bilmasin. Faqat olqishlargina qalbingizga tashrif buyursin. Ishda o‘ta mas’uliyatlilik ham sizning shioringizga aylanishi lozim. Kunning ikkinchi yarmida ajoyib insonlar bilan uchrashib tanishishingiz kutiladi. Oilasiz bo‘lsangiz, ularning biri bilan orangizda romantika paydo bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emas.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Qalbingizni ertalabdanoq shubha-gumonlar qurshab olishi kutiladi. Lekin bu ham yaxshilikka. Agar hayotga, atrofga real ko‘z bilan boqa olsangiz, siz yana muvaffaqiyatlar qozona boshlaysiz. Basharti ishda xatoliklarga yo‘l qo‘ysangiz, o‘sha joy va vaqtning o‘zida bu xatolarni to‘g‘rilay keting. Muhabbatda omadingiz kuladi. Turli yo‘llar va usullar yordamida oilasizlar o‘z muhabbatini mustahkamlay olishadi. Baxtingizga baxt qo‘shila boradi. Asablarni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
22 fevral kuni avvalo ish grafigingizni yana bir karra ko‘zdan o‘tkazib oling. Buning uchun vaqtingiz mo‘l bo‘ladi. Dangasalik, ikkilanishlarni o‘zingizdan quvib soling. Bugun har qanday ko‘rinishdagi ijodiy ishlar va professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlar doirasida malaka oshirish foydali kechadi. Moliyaviy muammolarni ham o‘ta faollik bilan bartaraf eting. Ana shunda pulingizga pul qo‘shiladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. To‘g‘ri ovqatlaning. Omon bo‘ling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugungi kuningizni xayolparastlik va eyforiya qurshovida o‘tkazishingiz tavsiya qilinadi. Ishlaringiz xayolparastlik yordamida yanada unumli kechadi. Kosmetik muolajalar va surunkali xastaliklarni davolash muvaffaqiyatli kechadi. Kechqurungi toza havo sayri esa qalb bezovtaligingizni nari haydaydi. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin. Tayyor turing. Hasadgo‘ylarga so‘zingizni berib qo‘ymang. Imkon doirasida ulardan nari bo‘ling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
22 fevralda birinchi navbatda shaxsiy hayotingiz bilan shug‘ullanishingiz talab etiladi. Pul, martabaning ketidan quvib juftingiz, yaqinlaringizni unutib qo‘ygandeksiz. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda yillar davomida to‘plagan tajribangiz juda kerak bo‘ladi. Shuni unutmang. Xushomadlardan yiroq bo‘ling. Bo‘lar-bo‘lmas xaridlarga barham bering. Kechqurun ba’zilar mashina yoki ro‘zg‘or jihozlaridan birini ta’mirlash bilan band bo‘lasiz. O‘zingizni ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugungi kun sizga bir olam ilhom hamda ishonch hadya etadi. Azaliy orzularingizdan biri haqiqatga aylanadi. Hamkasblar orasida obro‘yingizga obro‘ qo‘shilganini his etasiz. Tushdan keyin anchadan beri ko‘rishmagan do‘stingiz bilan uchrashib suhbat qurishingiz kutiladi. Ijodkorlar bugundan ko‘p narsa kutsalar yarashadi. Siz nafaqat muxlislarga yoqib tushadigan navbatdagi asarni yaratasiz, balki bu amaldan qo‘shimcha ruhiy ozuqa ham olasiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
22 fevral kuni qanday ishga qo‘l urmang, bor iste’dodingizni ishga solishingiz tavsiya etiladi. Tashabbuskor, faol bo‘lishda sizga hech kim xalal bera olmaydi. Moddiy ahvolingiz yaxshilanib, daromadlar xarajatlarni qayta to‘ldiradi. Faqat qo‘lingizga katta pul tushishi bilan do‘kon aylanishga tushib ketmasangiz bas. Ob-havo yaxshi bo‘lmasa, olis safarga otlanishni boshqa kunga qoldiring. Asabni asrang. Keksa va o‘sal yotgan qondoshlar holidan xabar oling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ish boshlashdan oldin o‘ylang. Mo‘ljalni to‘g‘ri olishingiz kerak. Boshqa yo‘nalishga o‘tib ketib qolsangiz, buning intihosi yaxshi bo‘lmaydi. Qo‘shimcha muammolar boshingizga yog‘ilishi mumkin. Qayg‘ularingiz, ichki sirlaringizni birovlarga oshkor qilmang. Tanasi boshqa dard bilmas deb bekorga aytishmagan. Moliyaviy masalada bugun omad sizdan yuz o‘girishi mumkin. Ammo tashvish chekmang. Buguncha zahira pullaringizdan foydalanib tursangiz ham ziyon ko‘rmaysiz.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
22 fevralda do‘stlar, tanishlar tasavvurida go‘yo begona niqob kiyib olgandek ko‘rina boshlaysiz. Ehtiyot bo‘ling. Sevimli xobbingizga berilganda, juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz bilan munosabatlarda fantaziyadan unumli foydalaning. Kechqurun qarindoshlardan birining moddiy ahvoli bilan bog‘liq jiddiy muammolarni bartaraf etishingizga to‘g‘ri keladi. Salomatligingizni ehtiyotlang. Yuqumli viruslar yaqin kelishiga yo‘l qo‘ymang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ertalab dangasalik degan balo yelkangizga osila boshlaganiga guvoh bo‘lasiz. Haydab soling-u, ishga jo‘nang. Dangasalikning beti qursin! Shundoq ham maoshingiz kamligidan noliy boshlagansiz. Dangasalikni orttirib olishingiz ortiqcha. Do‘stlardan biri kun davomida sizga qo‘shimcha daromadli ish taklif qilishi mumkin. Oldin qancha to‘lashlarini surishtirib biling va undan keyingina rozilik bildiring. Ishxonangizdagi martabangizni oshirish payida bo‘lsangiz ham ziyon ko‘rmaysiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
22 fevral kuni ertalabdanoq xushomadlar, maqtovlar, olqishlar dengizida cho‘mila boshlaysiz. Bu juda yaxshi va yoqimli. Lekin asosiy ishlaringizni bajarishga xalal bermasligi kerak. Agar ishingizda yaxshi ma’noda tub burilish yasamoqchi bo‘lsangiz, harakatni boshlang. Birovlarning daromadini hisoblashdan qoching va o‘zingiz ulardan ko‘proq daromad ko‘rish uchun intiling. Kechki payt ayrimlar safarga otlanishi mumkin. Safar muvaffaqiyatli kechadi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 22 fevral kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?