08:56 / 24.02.2019
4 893

Dunyoimni o‘zgartirgan atirgulim – qizim (4-noma)

Dunyoimni o‘zgartirgan atirgulim – qizim (4-noma)
Tejamkor bo‘l!
Yulduzim! Bugun senga aytadigan nasihatlarim tejamkorlik haqida bo‘ladi. O‘ylaymanki, bu senga keyingi hayotingda juda asqotadi.

Aytishlaricha, qadimda bir yigit uylanibdi. U bir kuni rafiqasiga bir xaltachada choy olib kelibdi. Xotini choyni idishga solib xaltachasini axlatga tashlabdi. Yigit bu ayol bilan ajrashibdi va ikkinchi bor uylanibdi. Bu rafiqasiga bir xaltachada qahva olib kelibdi. Bu xotin ham qahvani maxsus idishga solib xaltachasini o‘choqda yoqib yuboribdi. Yigit bu xotinning ham javobini beribdi.

U uchinchi bor uylanibdi. Bu xotinga ham xaltachalarda qahva va choy olib kelibdi. Rafiqa mahsulotlarni idishlarga joylab, xaltachalarini qoqib olib qo‘yibdi.

Yigit: «Xaltachalarni nega tashlab yubormadingiz?»”, - deb so‘rabdi.
Ayol: “Kerakli toshning og‘iri yo‘q xojam. Bir ehtiyojimizga asqotib qolar”, ¬ deb javob beribdi.
Yigit izlagani shu ayol ekanligini tushunibdi va ular baxtli hayot kechirishibdi.

Bolajonim! Yigitni baxillikda ayblashga shoshilma. Oilada ayol kishi tadbirkor, tejamkor bo‘lsa, baraka arimaydi. Masalan, sen eskirdi deb tashlab yuborayotgan jinsi yubkachangdan ajoyib sumkacha tikish mumkin. Esingdami, men o‘zimning kiyilmaydigan kiyimlarimdan senga chiroyli ko‘ylakchalar tikib berardim.

Asal qizim! Hattoki suv ichib tashlab yuboradigan yelim idishdan ro‘zg‘or uchun kerakli uy-ro‘zg‘or buyumlari yasash mumkin. Tejamkorlik, bolajonim, ayolning bebaho fazilatlaridan biri ekanligi umrbod yodingda bo‘lsin!
Saida IBODINOVA

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dunyoimni o‘zgartirgan atirgulim – qizim (4-noma)