14:45 / 02.03.2019
7 987

Yugurishning eng katta foydasi maʼlum boʻldi

Yugurishning eng katta foydasi maʼlum boʻldi
Amerikalik olimlar yugurish bilan shugʻullanishning oʻtirgan holdagi hayot tarziga nisbatan ustunligini maʼlum qilishdi. Bunga bagʻishlangan tadqiqot haqida Arizona universiteti (AQSH) xabar bermoqda.

Mutaxassislarning koʻrsatishicha, yugurish bilan shugʻullanish bosh miyaning turli qismlaridagi oʻzaro aloqalarning yaxshilanishiga olib keladi. Xususan, yuguruvchilarda rejalashtirish, qarorlar qabul qilish boshqalarga qaraganda yaxshiroq rivojlangan.

Olimlar bunday xulosaga ikki guruhdagi yigitlar (18-25 yosh) bosh miyasini magnitli-rezonans tomografiyasidan oʻtkazib kelishgan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, tadqiqot aynan yoshlarga bagʻishlangan. Bundan tashqari, olimlar yuguruvchilarda bunday holatlarni yaxshilovchi aniq bir sabablarni maʼlum qilishmagan. Bunga jismoniy tarbiyaning ijobiy taʼsiri ham turtki berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yugurishning eng katta foydasi maʼlum boʻldi