12:24 / 04.03.2019
5 564

Poyabzal tanlashni bilasizmi?

Poyabzal tanlashni bilasizmi?
Barcha yirik doʻkonlar xaridorlardan koʻp pul olib qolishni istashadi, sotuvchilarning oʻziga xos hiylalari boʻladi deb yozadi Darakchi nashri.

“Ikki juft” qoidasi
Sotuvchidan boshqa oʻlchamdagi oyoq kiyimini soʻraganingizda, u sizga bir necha juftini keltirishi turgan gap. Sotuvchi sizga yordam berayotgandek tuyulishi mumkin. Aslida tanlovni ular qanchalik koʻpaytirishsa, sotish imkoniyati shunchalik koʻpayadi.

Sizdan hamisha oʻtirishni soʻrashadi
Qoidaga koʻra, sotuvchi xaridor doʻkonga kirganidan soʻng 15-20 soniya ichida kutib olishi lozim. Sizga kerakli poyabzalni tanlashda yordam berganidan soʻng u sizdan: “Marhamat, oʻtiring”, deb iltifot koʻrsatadi. Oʻtirganingizdan soʻng esa ular osonlik bilan nazoratni qoʻlga olishadi, negaki shu holatda sizning xarid qilish ehtimolingiz oshadi.

Qimmat degani sifatli degani emas
Koʻpincha sotuvchilarning oʻzi ham poyabzal nimadan tayyorlanganini bilishmaydi. Psixologiyamizda shunday tushuncha borki, goʻyoki oyoq kiyimi qancha qimmat boʻlsa, shuncha sifatli boʻladi. Aslida bunday emas. Zamonaviy ishlab chiqaruvchilar sifat jihatidan qimmat modellardan farq qilmaydigan arzon mahsulotlarni yasashni oʻrganib olishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Poyabzal tanlashni bilasizmi?