20:25 / 04.03.2019
4 835

Qadr-qimmatni anglash uchun...

Qadr-qimmatni anglash uchun...
Oʻn yilning qadrini yaqinda ajrashgan er-xotindan soʻrang.
Toʻrt yilning qadrini universitetni yaqinda bitirgan yigitdan soʻrang.
Bir yilning qadrini yakuniy imtihonda yiqilgan talabadan soʻrang.
Bir oyning qadrini bolasini muddatidan bir oy oldin dunyoga keltirgan onadan soʻrang.
Bir haftaning qadrini haftalik gazeta muharriridan soʻrang.
Bir daqiqa qadrini vokzal yoki aeroportga bir daqiqa kech kelib, poyezd, avtobus yoki samolyotga ulgura olmagan yoʻlovchidan soʻrang.
Bir soniyaning qadrini falokatdan qutulib qolgan kishidan soʻrang.
Soniyaning bir boʻlagi qadrini olimpiada oʻyinlarida kumush medal sohibi boʻlgan kishidan soʻrang. (Koʻpincha oltin medal olgan bilan kumush medal olgan sportchining marraga yetib kelishida soniyaning bir necha ulushlarida farq boʻladi)
Opa-singilning qadrini opa-singlisi yoʻq kishidan soʻrang.
Hayot, yashash qadrini oʻlim toʻshagida yotgan kishidan soʻrang.
Allohni zikr qilishning qiymatini, qadrini bilmoqchi boʻlsangiz, oʻling va umringizning qancha qismini gʻaflatda oʻtkazib yuborganingizga qarang.
Feysbukdagi “Hayotning narigi yuzi” sahifasidan

Manba: muslim.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qadr-qimmatni anglash uchun...