20:20 / 05.03.2019
6 828

Tish bilan bogʻliq muammoning oʻlimga olib keluvchi xavfi aniqlandi

Tish bilan bogʻliq muammoning oʻlimga olib keluvchi xavfi aniqlandi
Tishda hosil boʻladigan bakteriyalar qatlamining oshishi yoʻgʻon ichak saratonining rivojlanishini jadallashtiradi, deb yozadi Sof.uz MedicalXpressʻga tayanib.

Xabarda yozilishicha, Kolumbiya universiteti olimlari (AQSH) tadqiqot oʻtkazishadi. Oʻtkazilgan tadqiqot davomida oʻsimtaning rivojlanishiga taʼsir koʻrsatuvchi F. Nucleatum baktriyasining harakat mexanizmni aniqlanadi. Maʼlum boʻlishicha, bakteriyaning harakat mexanizmi anneksin A1 oqsili taʼsiri ostida ichakda rivojlanadi. Anneksin A1 oqsili esa bakteriya va saraton hujayralari oʻrtasida bogʻlovchi vazifasini bajaradi.

Mutaxassislar uchdan bir yoʻgʻon ichak saratoni holatlari parodontit va kariyes kasalliklarini keltirib chiqaruvchi F. Nucleatum bakteriya konsentratsiyasining oshishiga bogʻliq ekanligini aniqlashdi. Qayd etish joizki, shunga oʻxshash oʻsimtalar boshqalariga qaraganda koʻproq oʻlimga olib keladi.

Olimlarning taʼkidlashicha, bakteriya konsentratsiyasini kamaytirish va anneksin A1 oqsili harakatlarini bloklab qoʻyish oʻsimtaning oʻsishini sekinlashtiradi. Mutaxassislar fikriga koʻra, mazkur maʼlumotlar yoʻgʻon ichak saratonining oʻta xavfli turlarini aniqlash va davolashni osonlashtirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tish bilan bogʻliq muammoning oʻlimga olib keluvchi xavfi aniqlandi