06:30 / 06.03.2019
5 561

Sochlarimiz haqida bilamizmi?

Sochlarimiz haqida bilamizmi?
Mutaxassislarning aytishlaricha, insonning boshida taxminan uch yuz ming dona soch tolasi bor ekan. Har bir tola ostida vena, arteriya qon tomirlari, asab tolasi va muskul joylashgan. Shuningdek, har bir soch tolasaning ostida yogʻ va rang bezlari mavjud.

- Inson tanasining deyarli 95 foizi tuk bilan qoplangan. Faqat kaft va oyoq ostidagina tuk boʻlmaydi.
- Agar inson umri davomida sochini kestirmasa, u 725 km uzunlikka yetgan boʻlardi.
- Shifokorlar qizil sochli odamlarning ogʻriqni koʻproq his qilishlarini payqashgan.
- Dunyoda eng koʻp tarqalgan turi – qora rangli soch ekan.
- Dunyoda eng kam tarqalgan turi esa qizil rangli soch boʻlib, dunyo aholisining 4 foizi tabiiy qizil sochga ega ekanlar.
- Ob-havo issiq boʻlgan paytlarda sochning oʻsishi tezlashar ekan.
- Soch bir oyda oʻrtacha 1 santimetr oʻsar ekan.

Allohning hikmatini qarangki, soch tolalarida sezgi asab tolalari mavjud emas. Agar ularda ham sezgi asab tolalari boʻlganda, doʻstlaringizdan biri “Men sochlarimni oldirish uchun shifoxonaga ketyapman” derdi. Chunki u sochidagi ogʻriqni yoʻqotish uchun shunday qilishga majbur boʻlardi. Soch va tirnoqlarda sezgi asab tolasining yoʻqligida yana koʻplab ulkan hikmatlar bordir.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sochlarimiz haqida bilamizmi?