23:57 / 10.03.2019
9 624

Zudlik bilan qutulishingiz kerak boʻlgan yomon odatlar

Zudlik bilan qutulishingiz kerak boʻlgan yomon odatlar
Odam asosan ikkita organi — yuragi va miyasi sharofati bilan yashaydi. Biroq ushbu tana aʼzolarini asta-sekinlik bilan yemiruvchi baʼzi odatlar borki, ulardan tezroq qutulgan maʼqul.

1. Nonushtadan voz kechish
Nonushta qilmaydigan kishilar qonida glyukoza miqdori juda past boʻladi, bu bosh miya faolligini susaytiradi.

2. Keragidan ortiqcha yeyish
Meʼyoridan ortiq ovqat yeganingizda organizm qon tomirlari va bosh miya tomirlarida xolesterin toʻplaydi.

3. Chekish
Sigareta miya faoliyatiga zarar yetkazadi va bosh miya hujayralarini yemiradi. Soʻnggi tadqiqotlar esa chekish Alsgeymer kasalligi sabablaridan biri boʻlishi mumkinligini koʻrsatdi.

4. Koʻp miqdorda shakar isteʼmol qilish
Qanchalik koʻp shakar isteʼmol qilsangiz, shunchalik koʻp toksinlar va ortiqcha vazn hosil boʻladi, organizmdagi foydali moddalar ham kamayadi.

5. Ifloslangan havoda koʻp boʻlish
Ushbu omil sizga koʻp ham bogʻliq boʻlmasa-da, shuni bilishingiz kerakki, agar miyaga kislorod yetishmasa, uning faoliyati sezilarli darajada pasayadi.

6. Toʻyib uxlamaslik
Yetarlicha uxlamaslik bosh miya hujayralari yemirilishiga olib keladi.

7. Narkotiklar va spirtli ichimliklar isteʼmol qilish
Ushbu moddalar bosh miya faoliyatini ortga qaytarib boʻlmaydigan darajada izdan chiqaradi.

8. Kasallik vaqtida ishlash
Tobingiz qochgan vaqtida zoʻriqib aqliy mehnat qilish miya faoliyatiga zarar yetkazadi, chunki bu paytda organizm oʻzidagi barcha manbalarni kasallik bilan kurashishga sarflaydi. Bunday davrlarda miyaga yetarlicha kislorod bormaydi.

9. Rivojlanishning yoʻqligi
Miya doimiy ravishda rivojlanishi kerak, shuning uchun televizor koʻrish oʻrniga kitob oʻqing, krossvord yeching yoki shaxmat oʻynang.

10. Kamgaplik
Soʻzlashish ham bosh miyani rivojlantirishning bir usulidir. Suhbatlasha turib, siz faktlarni eslab qolasiz, yangi soʻz va iboralarni oʻrganasiz, shu tariqa, miyani mashq qildirib, uni doimiy faollikda tutasiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Zudlik bilan qutulishingiz kerak boʻlgan yomon odatlar