16:06 / 12.03.2019
6 262

Miya erta qarishining asosiy sabablari maʼlum boʻldi

Miya erta qarishining asosiy sabablari maʼlum boʻldi
Buyuk Britaniyadagi Edinburg universiteti olimlari chekish, yuqori qon bosimi, semizlik va diabet miyaning erta qarishini keltirib chiqarishini aniqladi. Bu haqda MedicalXpressʻga tayanib Daryo xabar berdi.

Tadqiqotda 44 yoshdan 79 yoshgacha boʻlgan 9772 kishi qatnashgan. Ishtirokchilarda miya strukturasi hamda qon tomirlariga shikast yetkazuvchi omillar va markaziy asab tizimiga qon quyilishi bilan bogʻliq muammolar oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash uchun magnit-rezonans tomografiyasi oʻtkazilgan.

Yuqori darajadagi xolesterindan tashqari barcha boshqa omillar, ayniqsa chekish, qon bosimi va diabet kasalligi neyron hujayralar va kapillyar va hujayrali organlar miqdorining pasayishiga olib kelgan. Bundan tashqari, miya hajmi kichraygan va oq materiyaning — akson paketlari, yaʼni asab hujayralarining uzun oʻsimtalari holati yomonlashgan. Eng muhimi, bu holatlar oʻrta yoshli odamlarda namoyon boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Miya erta qarishining asosiy sabablari maʼlum boʻldi