17:17 / 12.03.2019
5 239

Bill Geyts, Jek Ma va Ilon Mask qoʻllaydigan 5 soat qoidasi (foto)

Bill Geyts, Jek Ma va Ilon Mask qoʻllaydigan 5 soat qoidasi (foto)
Koʻpchilik yaxshi taʼlim olib, karyerasini noldan boshlaydi. Biroq ayrimlargina oʻzi tanlagan sohada muvaffaqiyatga erishadi, boshqalar esa bir necha yillar davomida bir yerda depsinishda davom etadi.
Muvaffaqiyatli kishini farqlantiruvchi jihatlar nimadan iborat? Javob oddiy: doimiy rivojlanish va takomillashish.

Takomillashish – eng muhimi
Charchoqli ish kunidan keyin endigina uyga qaytdingiz. Qorningiz och, ehtimol toliqqansiz. Istagingiz – biroz xotirjam boʻlish. Ovqatni yeb, televizor qarshisiga borasiz, navbatdagi filmni tomosha qilib dam olasiz. Yarim tun boʻladi, siz tomondan tomosha qilingan filmlar soni ortadi, endi esa yotib uxlash kerak. Yoʻq, bari u qadar yomon emas. Har bir odam vaqti-vaqti bilan dam olishi kerak. Biroq ishdan keyingi soatlar har kuni shu koʻrinishda boʻlsa, uni foydali odat deb atash mushkul.

Muvaffaqiyatli kishilar boʻsh vaqtlarini oʻzgacha tashkil qilishadi – oʻqib-oʻrganishadi, bilimlarini oshirishadi. Tomas Korli 50 yil davomida muvaffaqiyatli kishilar odatlarini oʻrgandi. Bu vaqt ichida 200 nafar millioner bilan suhbatlashish, ularning hayot surʼati, asosiy qadriyatlari, hordiq vaqti, muvaffaqiyatga erishish strategiyalari haqida soʻrashga ulgurdi. Olim muvaffaqiyatli tadbirkorlar televizor tomosha qilmasliklarini kuzatdi. Bundan tashqari, soʻrovda ishtirok etgan odamlarning 86 foizi nafaqat koʻngil ochish, balki shaxsiy rivojlanish va qoʻshimcha taʼlim, yangi maʼlumot olish uchun doimiy ravishda kitob oʻqishlarini maʼlum qildi. Tadqiqotda ishtirok etgan 63 foiz millionerlar esa tongda ishga ketish vaqtida audiokitoblar tinglashini aytishgan. Haqiqatan ham mutolaa kabi sodda odat hayotni oʻzgartirishi mumkinmi?

Foto: Global Look Press
Franklinning 5 soat qoidasi
Ilk marotaba besh soat qoidasi Maykl Simmons tomonidan tasvirlangan. Biroq u Franklin davridayoq, balki undan oldin ham mavjud boʻlgan. Uning konsepsiyasi juda oddiy: muvaffaqiyatli kishilar qanchalik band boʻlishlariga qaramay, haftasiga besh soat vaqtlarini taʼlim olishga bagʻishlaydilar. Ular bu qoidaga butun umrlari davomida doimiy ravishda amal qilishadi.

Mutolaa qiling
Shaxs sifatida rivojlanishning besh soatli tizimi qanday koʻrinishda? Yangi bilimlar olishning eng qulay usuli bu – mutolaa. Soʻrovlarga koʻra, noldan muvaffaqiyatga erishgan barcha millionerlar kuniga 1 soatdan 3 soatgacha kitob oʻqiydilar. Alibaba taʼsischilaridan biri Jek Ma aynan mutolaa oʻz ustida ishlashni istagan odamga katta yordam berishini aytgan. Yoningizda doim qiziqarli kitob boʻlsin. Shifokor qabuliga kirishni kutyapsizmi? Bu vaqtni mutolaa bilan qisqartirish mumkin. Oʻz-oʻzining yaxshiroq shakliga aylanish uchun qanday kitoblarni oʻqish kerakligi haqidagi savol koʻpchilikni qiziqtiradi. Bu sizning ehtiyojlaringizga bogʻliq. Kerakli kitoblardan foydalanib, biznesni yuritish, xodimlarni boshqarish, karyeradagi oʻsish, u yoki bu sohadagi bilimlarni kengaytirish, xorijiy til oʻrganish va hokazolar borasida yangi strategiyalarni oʻrganish mumkin.

Badiiy adabiyotdan ham voz kechish kerak emas. Ayrim hollarda aynan u miyani boshqa rejimda ishlash, muammoning muqobil yechimini topish, yangi gʻoyani ishlab chiqish va boshqalarga yordam beradi. Besh soatni faqat kitob oʻqishga sarflamaslik ham mumkin. Mexanik mutolaaning oʻzi hech qanday natija bermaydi – maʼlumotni tahlil qilish, u haqida fikrlash lozim. Yangi kitob, usul va gʻoyalarga toʻla maʼlumotlarni oʻqidingizmi? Seminar, konferensiyada ishtirok etdingizmi? Kuniga 20 daqiqani toʻplangan maʼlumotlarni oʻylash uchun sarflang. Masalan, bir varaq qogʻoz oling va u yoki bu maʼlumot hayotingizda qanday taʼsir qilishi mumkinligi haqidagi savollarga javob berishga harakat qiling.

Foto: Reuters
Tajriba oʻtkazing
Nazariya muhim, biroq amaliyotsiz u befoyda. Aynan shuning uchun ham shaxsiy rivojlanishga ajratilgan vaqtni turli tajribalar uchun ham sarflash mumkin.

Ilon Mask, Bill Geyts, Opra Uinfri, Uoren Baffet — ularning hammasi koʻp milliardli kompaniyalarni boshqara turib foydali odatlar uchun vaqt topishgan. Shunday ekan, oʻzingizni oqlash uchun sabab izlamang. Haftasiga 5 soat u qadar koʻp emas. Bundan tashqari, ketma-ket 5 soat oʻqishingiz shart emas. Ishga ketish vaqtida oʻqing. Sayohatga otlanyapsizmi? Oʻzingiz bilan kitoblarni birga olib keting. Bundan tashqari, zamonaviy olamda turli katta nashrlarni koʻtarib yurishga hojat ham yoʻq. Audiokitoblardan foydalaning. Ana shunday zamonaviy qulayliklarni doimiy ravishda qoʻllang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bill Geyts, Jek Ma va Ilon Mask qoʻllaydigan 5 soat qoidasi (foto)