15:00 / 13.03.2019
6 462

Oʻlimga olib keluvchi yurak kasalliklarining asosiy sababi...

Oʻlimga olib keluvchi yurak kasalliklarining asosiy sababi...
Nemis olimlarining aniqlashicha, havo ifloslanishi avval oʻylanganidan ikki barobar koʻproq oʻlim holatlariga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, odamlar asosan aerozollarning surunkali taʼsiri tufayli yuzaga keluvchi yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot etishadi. Bu haqda MedicalXpressʻga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar havo ifloslanishi turli manbalarining oʻlim holatlari darajasiga taʼsirini modellashtirishdi. Maʼlum boʻlishicha, 2015 yilda atrof-muhitning yomon holati butun Yevropa boʻylab 790 ming kishi oʻlimiga sabab boʻlgan. Shu bilan birga, bu holatlarning 40-80 foizi yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan, insult va infarktlar hissasiga toʻgʻri keldi. Qayd etilishicha, bu nafas olish organlari ishidagi buzilishlar tufayli yuz bergan oʻlim holatlaridan qariyb ikki barobarga koʻp.

Foto: Andy Wong/AP
Butun dunyo boʻylab ifloslangan havo tufayli vafot etganlar soni yiliga 8,8 million kishini tashkil etadi, bu avvalgi hisob-kitoblarga qaraganda ikki barobar koʻp. Olimlarning soʻziga koʻra, shu sabab tufayli tamaki chekishdan ham koʻproq inson hayotdan koʻz yumadi.

Organizmga zararli taʼsir koʻrsatadigan asosiy omil havoda 2,5 mikron diametrli qattiq zarrachalar mavjudligidir - PM2.5. Ular yurak-qon tomir va nafas olish kasalliklarining asosiy sababi sanaladi. Yevropada yillik zichlik har bir kub metr uchun 25 mikrogrammni tashkil etadi, bu JSTning bir kub metrga 10 mikrogrammlik darajasidan ikki barobar koʻp.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oʻlimga olib keluvchi yurak kasalliklarining asosiy sababi...