21:12 / 13.03.2019
4 057

Hayot ham qahva misolimi?

Hayot ham qahva misolimi?
Bir guruh karyera yoʻlida ilgarilayotgan sobiq talabalar, Universitetda oʻzilariga dars bergan proffessor ustozlarining ziyoratiga borishdi. Gap aylanib, suhbat ish va hayotdagi ruhiy ziqliklarga taqaldi...

Mehmonlariga qahva ikrom etish uchun proffessor oshxonaga bordi va qoʻlida katta termosda qaynoq suv bilan qaytdi. Stolga qahva va chinni, plastik, shisha, billur va shunga oʻxshash har xil turdagi arzon-qimmat qahva finjonlarini terib qoʻydi.

Hamma oʻziga finjon tanlab olganidan keyin professor talabalariga yuzlanib shunday dedi:

– Bir narsani sezdingizlarmi? Qimmatbaho, chiroyli finjonlar tanlandi. Sodda koʻrinishli, arzon finjonlarni hech kim olmadi. Oʻzingizni har doim eng yaxshisiga munosib koʻrishingiz aslida, oddiy hol boʻlish bilan birga stress va muammolarning manbai ham hisoblanadi. Esingizda boʻlsin, faqatgina finjonning oʻzi qahvaga hech qanday taʼm bera olmaydi. Shunchaki qahva finjonlari juda qimmat boʻlishiga qaramay, bizga faqat ichimligimizni ichishda yordam beradi, xolos. Hammangiz qahva istagandingiz aslida, finjon emas. Lekin ongli ravishda avvalo finjonga talpindingiz, keyin esa zimdan bir-biringizning finjoningizni kuzatishga tushdingiz.

Hayot ham qahvaga oʻxshaydi. Ish, pul, jamiyatdagi oʻrningiz esa finjon misoli. Ular shunchaki, yashash uchun kurash qurollari. Siz tanlagan finjon qahva sifatini belgilamaganidek, yashash uchun qurolingiz ham hayotingizni oʻzgartirolmaydi.

Baʼzan faqat finjonga oʻralashib, Alloh bizga tortiq qilgan qahvaning lazzatidan bebahra qolamiz. Qahvani yayrab iching!

Eng baxtli insonlar, hamma narsaning eng yaxshisini qoʻlga kiritganlar emas. Shunchaki, hamma narsaning lazzatini, qadrini va taʼmini bilganlardir...
Umida Adizova tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Hayot ham qahva misolimi?