07:13 / 18.03.2019
4 658

Koʻk choy semirishning oldini oladi

Koʻk choy semirishning oldini oladi
Koʻk choy semirishning oldini oladi va ichaklar faoliyatini yaxshilaydi, deb yozmoqda Journal of Nutritional Biochemistry jurnali. Bu haqda Darakchi nashri xabar qildi.

Osiyo mamlakatlarida boy tarixga ega koʻk choy bilan Gʻarbda ham tobora koʻproq qiziqishmoqda. Olimlar tomonidan koʻk choyda topilgan koʻplab organik moddalar onkologik kasalliklar profilaktikasida va yurak hamda jigar kasalliklari rifojlanishi oldini olishda samarali ekani isbot qilindi.

Koʻk choy oshqozon va ichak faoliyatini yaxshilar ekan, u yogʻli taomlarni ham parchalashda oʻta faoldir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koʻk choy semirishning oldini oladi