13:32 / 21.03.2019
4 839

Ayb kimda?

Ayb kimda?
Er ayolining eshitish qobiliyati pasayib borayotganidan xavotirda edi. Bir kuni shifokorga borib, maslahat soʻradi. Tabib unga: “Har bir muammoning yechimi bor. Holatni yaxshiroq anglashimiz uchun bir tajriba oʻtkazib koʻraylik. Uyingizga boring-da, ayolingizdan qirq metr uzoqlikda turib, oddiy ovozda unga gapirib koʻring. Agar u sizga javob qaytarmasa, oʻn metr oldinga surilib, gapirib koʻring. Agar yana javob bermasa, oradagi masofani yana oʻn metr qisqartirib, gapirib koʻring. Bordiyu ayolingiz shunda ham javob qaytarmasa, unga yana oʻn metr yaqinlashing-da, gapirib koʻring” dedi.

Er uyiga kelib, qarasa, ayoli oshxonada ekan. Ayolidan qirq metr uzoqlikda turib: “Xonim, bugun kechga nima ovqat qilyapsiz?” deb soʻradi. Ayol javob bermadi. Er yana yaqinlashib, “Xonim, bugun kechga nima ovqat qilyapsiz?” deb soʻradi. Ayoli yana jim. Er yana oʻn metr oldinga surilib, ayolidan: “Xonim, bugun kechga nima ovqat qilyapsiz?” deb soʻradi. Negadir ayol yana javob bermadi. Er asabiylashib, yana oldinga surildi va yuqoridagi savolini takrorladi. Ayoli ham indamasdi. Oxiri er ayolining yoniga kelib, baland ovozda “Xonim, bugun kechga nima ovqat qilyapsiz?” deb soʻradi. Ayolning ham achchigʻi kelib, “Sizga beshinchi marta aytyapman: “Tovuq pishiryapman” dedi”.

Ha, azizlar! Muammo erkakda edi. Uning oʻzi eshitmayotgandi. Bizda ham bunday holat tez-tez uchrab turadi. Oʻzimizda ayb boʻla turib, negadir oʻsha aybni boshqalardan izlaymiz. Oʻzimizniki esa koʻzimizga koʻrinmaydi.

Azizlar, avvalo oʻzimizni tuzatishga, isloh qilishga urinaylik! Har bir odam oʻzini tuzatishga urinsa, avval oilalar, keyin mahalla, tuman, viloyat va oxirida butun yurt, jamiyat isloh boʻladi.

Manba: Muslim.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayb kimda?