06:39 / 25.03.2019
3 684

Kasalxonada oyoqqa turolmaydigan uch bemor bir xonada yotardi. Xonaga birinchi kelgan bemor deraza oldida, ikkinchisi oʻrtada, uchinchisi esa eshik oldidan oʻrin olgan. Oʻrtadagi bemor xushchaqchaq inson boʻlgani uchun har xil voqealarni gapirib ber

Kasalxonada oyoqqa turolmaydigan uch bemor bir xonada yotardi. Xonaga birinchi kelgan bemor deraza oldida, ikkinchisi oʻrtada, uchinchisi esa eshik oldidan oʻrin olgan. Oʻrtadagi bemor xushchaqchaq inson boʻlgani uchun har xil voqealarni gapirib ber
Kasalxonada oyoqqa turolmaydigan uch bemor bir xonada yotardi. Xonaga birinchi kelgan bemor deraza oldida, ikkinchisi oʻrtada, uchinchisi esa eshik oldidan oʻrin olgan. Oʻrtadagi bemor xushchaqchaq inson boʻlgani uchun har xil voqealarni gapirib berib, xonadoshlarini koʻnglini xushlab, dardini unuttirishga harakat qilardi. Sovuq qish oqshomining bir kuni deraza oldidagi bemor vafot etdi. Oʻrtadagi bemorni deraza oldiga, eshik yaqinida yotgan xastani, uning oʻrniga joylashtirib, boʻshagan oʻringa boshqa kasalni joylashdi.

Deraza tagida yotgan bemor tashqarida koʻrganlarini xonadoshlariga gapirib berardi. Yoʻl boʻyidagi xiyobon, xiyobonda sayr qilayotgan insonlar, quchoqqa sigʻmaydigan chinorlar, chugʻurlashayotgan qushlar, ishga shoshayotganlar, yoʻldan oʻtib-qaytayotgan avtoulovlar, har kuni shu guzarda koʻradigani qora sochli teshikkulcha sotuvchi, har kuni ertalab oʻynab-kulib maktabga borayotgan bolalar, bekatda avtobus kutayotgan yoʻlovchilar va roʻparadagi togʻlar ostida yam-yashil manzara kasb etgan dalalar haqida uzoq gapirib, oʻrnidan turolmaydigan chorasiz xonadoshlarining koʻnglini koʻtarardi. Bemor bir muddatdan keyin yoʻldan oʻtib-qaytganlarga ism qoʻyib gapiradigan boʻldi: “Mehmet bey har oqshom uyga qaytayotib, roʻparadagi doʻkondan gazeta va non oladi. Oysha xola derazadan tashlagan ip orqali baqqoldan buyurtmalarini tortib oladi. Qora sochli teshikkulcha sotuvchi bola asr namoziga yaqin hamma teshikkulchasini sotgani uchun sevinib, yayrab uyiga yoʻl oldi (teshikkulcha sotuvchi bolaga Solih deb ism qoʻygan). Pensioner Hasan amaki nabiralari Elif va Fotihni xiyobonga aylantirgani olib kelyapti va hokazo...”.

Ikki bemor tongda ishga shoshayotganlar, sayyor sotuvchilar, kechki payt charchab-horib uyga qaytayotganlar hikoyasini eshitib, koʻz oldida jonlantirishardi. Ular bilan bir hayotda yashayotgandek edilar. Oʻsha odamlar bilan birga ishga borib-qaytardilar. Kasalxonaning bir burchagida yotgan bemor emas, hayotda mudom harakatda boʻlgan insonlar bilan birga edi. Goʻyo ular, bemorliklarini unutib, hayotga tutashib ketishgan edi. Chunki kasalxonaning yurakni siqadigan havosi tarqab, oʻtishi qiyin boʻlgan vaqt oʻrnini hayot va yashash umidi bilan toʻla hikoyalar egallagan.

Bir kuni oʻrtada yotgan bemorning xayoliga bir fikr keldi. Agar deraza oldidagi bemorga bir nima boʻlsa, uning oʻrniga joylashadi va tashqaridagi rango-rang, haqiqiy hayotni oʻz koʻzlari bilan tomosha qilardi. Bu oʻy bir necha kun miyasida aylanaverdi. Yotgan joyidan faqat buni oʻylar va muammoga yechim izlardi. Oqibat izlagani yechimini topganday boʻldi. Deraza oldidagi bemorni tez-tez ogʻriq bezovta qilardi. Bemor qiynalib tortma ustidagi doriga qoʻlini uzatib, uni tez-tez ichardi. Bir kecha yana ogʻriq qoʻzgʻaldi. Bemor mashaqqat bilan tortma ustidagi doriga qoʻl choʻzarkan, oʻrtadagi bemor undan avvalroq harakat qilib dorini tortma ustidan itarib yubordi. Shisha yerga tushdi va parchalanib ketdi.

Ertasi kuni tongda deraza oldidagi bemorni oʻlik holatda topdilar. Uning oʻrniga joylashtirilgan bemor manzarani tomosha qilish ilinjida shoshilib, hayajon bilan derazadan tashqariga qaradiyu, hech narsa topolmadi. Uning boshiga goʻyo, kimdir tosh bilan urganday boʻldi. Chunki derazadan bir necha metr narida xuddi shifoxona devori kabi yana bir devor bor edi, xolos. Boshqa hech narsa yoʻq edi...
Turk tilidan Umida Adziova tarjimasi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kasalxonada oyoqqa turolmaydigan uch bemor bir xonada yotardi. Xonaga birinchi kelgan bemor deraza oldida, ikkinchisi oʻrtada, uchinchisi esa eshik oldidan oʻrin olgan. Oʻrtadagi bemor xushchaqchaq inson boʻlgani uchun har xil voqealarni gapirib ber