23:15 / 25.03.2019
5 888

Savol: -Assalomu alaykum! Internet tarmoqlarida, bir turdagi videoni koʻrib qoldim. Unda bir duo yozilgan va shu duoni oʻqisa muammolaringiz nechadir kunda (misol uchun 7 kunda) hal boʻladi deb yozib qoʻyishgan. Rostdan ham shunday duo bormi? «[ur

Savol:  -Assalomu alaykum! Internet tarmoqlarida, bir turdagi videoni koʻrib qoldim. Unda bir duo yozilgan va shu duoni oʻqisa muammolaringiz nechadir kunda (misol uchun 7 kunda) hal boʻladi deb yozib qoʻyishgan. Rostdan ham shunday duo bormi?  «[ur
Savol:
-Assalomu alaykum! Internet tarmoqlarida, bir turdagi videoni koʻrib qoldim. Unda bir duo yozilgan va shu duoni oʻqisa muammolaringiz nechadir kunda (misol uchun 7 kunda) hal boʻladi deb yozib qoʻyishgan. Rostdan ham shunday duo bormi?

«Zikr ahlidan soʻrang» hayʼati:
– Va alaykum assalom! Inson qanchalik gunohdan saqlansa, Alloh taoloning zikrini koʻp qilsa, unga biror bir vazifani hojati qolmaydi. Hatto duolari mustajob boʻlaverganidan oxiratdagi nasibamni naqd olib qoʻymayapmanmikan deb qoʻrqib ham ketadi. Alloh taolo Dovud alayhissalomga vahiy qilib:

“Ey Dovud, sen ham(nimalarnidir) iroda qilasan. Men ham iroda qilaman, ammo faqat Men iroda qilganimgina boʻladi. Agar sen Men iroda qilgan narsaga taslim boʻlsang, sen iroda qilgan narsaning barchasini beraman. Men iroda qilgan narsaga taslim boʻlmasang oʻzing iroda qilgan narsaga erishish uchun joningni qiynoqqa solasan-u, shunda ham Men iroda qilgan narsadan boshqasi boʻlmaydi” degan. Allohni iroda qilgani unga iymon keltirishimiz va shariatiga amal qilishimizdir. Inson qanchalik diniga koʻp amal qilsa, bu dunyoda beriladigani ham, oxiratda beriladigani ham uni rozi qiladi. Haqiqiy ilmiga amal qilgan insonlar bunga shohiddirlar. Vallohu aʼlam!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Savol: -Assalomu alaykum! Internet tarmoqlarida, bir turdagi videoni koʻrib qoldim. Unda bir duo yozilgan va shu duoni oʻqisa muammolaringiz nechadir kunda (misol uchun 7 kunda) hal boʻladi deb yozib qoʻyishgan. Rostdan ham shunday duo bormi? «[ur