09:44 / 26.03.2019
4 067

Ishchanlikni susaytiruvchi va oshiruvchi mahsulotlar maʼlum qilindi

Ishchanlikni susaytiruvchi va oshiruvchi mahsulotlar maʼlum qilindi
Sogʻlom ovqatlanish klinikasi bosh shifokori, diyetolog-shifokor Marina Kopitko insonning ishchanligini susaytiruvchi va oshiruvchi mahsulotlarni maʼlum qildi.

Diyetologning taʼkidlashicha, ishchanlikning susayishiga bugʻdoyning qattiq navidan tayyorlangan makaron, oq non, pishiriq, kartofel pyuresi va paketlangan sharbatlar taʼsir qiladi.

Qahvaga ham eʼtibor qaratish kerak: bu ichimlik dastlab odamni tetiklashtiradi, biroq keyin teskari effekt beradi. Diyetolog, shuningdek, gazli va energetik ichimliklar ichishni tavsiya qilmagan.

Ishchanlik va kayfiyatni koʻtarish uchun yogʻli baliq, baliq jigari, sariyogʻ va tuxum sarigʻida mavjud boʻlgan D vitaminli mahsulotlarni isteʼmol qilish lozim. Shuningdek, yogʻli baliq, yongʻoq va minimal tarzda texnologik qayta ishlangan yoki umuman ishlanmagan yormalarda, misol uchun, qattiq guruch, grechka kabilarda topish mumkin boʻlgan omega-3 kislotasi ham foydalidir.

Ishchanlikni banan ham koʻtarishi mumkin, unda tabiiy shakar bor. Uning tarkibiga quvonch gormoniga oʻxshash triptofan moddasi kiradi, biroq qand kasaliga ega yoki bu kasallikka moyil odamlar banan isteʼmol qilmasliklari kerak. Ishchanlikni oshirish uchun yashil smuzi (olma, ismaloq va kashnich) ham foydali hisoblanadi. Qora, koʻk yoki turli giyohlardan tayyorlangan choy ham tetiklashishda yordam beradi.

Diyetolog shirinliklarni xush koʻruvchilarga tortlarni kamroq agressiv boʻlgan mahsulotlarga almashtirishni tavsiya qilgan. Bu maqsadda kakao miqdori 75 foizdan kam boʻlmagan shokolad, marmelad yoki pastila isteʼmol qilish toʻgʻri keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ishchanlikni susaytiruvchi va oshiruvchi mahsulotlar maʼlum qilindi