15:50 / 29.03.2019
3 432

Ayollar chindan ham taʼmni erkaklardan koʻra yaxshiroq sezadimi?

Ayollar chindan ham taʼmni erkaklardan koʻra yaxshiroq sezadimi?
Ayrim ayollar dekoratsiya va liboslar masalasida erkaklardan koʻra didlari yaxshiroqligini daʼvo qilishadi. Vizual did borasida ayollarning erkaklardan koʻra didliroqligi haqida hech qanday ilmiy dalil yoʻq. Ammo taʼmni his qilishda ular erkaklardan ancha ustunligi ilmiy tasdiqlangan.

Ayollar nafaqat taʼmdagi nozik farqlarni osonroq ajratadi, balki nimani his qilishini erkaklardan koʻra yaxshiroq ifodalab bera oladi.

Taʼmni his qilish masalasidagi ustunlik faqat katta yoshli ayollardagina kuzatilmaydi, qiz bolalar ham oʻgʻil bolalardan oʻtkirroq taʼm bilish qobiliyatiga ega. Kopengagen universitetida oʻtkazilgan tadqiqotda boshlangʻich va oʻrta maktab oʻquvchilarining shirin va nordon taʼmlarni ajrata olish qobiliyati oʻrganilgan. Ushbu tadqiqotda ham qiz bolalarning taʼm bilish sezgisi oʻgʻil bolalarnikidan yaxshiroqligi tasdiqlangan. Unga koʻra oʻgʻil bolalar taomda nordon taʼm borligini sezishi uchun qiz bolalar seza oladiganidan 10 foiz koʻproq nordon maza boʻlishi kerak. Xuddi shu kabi oʻgʻil bolalarning shirinlik sezgisi qizlarnikidan 20 foiz sust ekan.

Nima uchun ayollarning taʼm sezgisi kuchliroq? Bu masalada koʻplab tadqiqotlar oʻtkazilgan, ammo asosiy javobni fan allaqachon bergan: ayollar tilida koʻproq taʼm sezuvchi boʻrtmalar (fungiform papillae) bor.

Evolyutsion nuqtai nazardan ayol bolaning oziq-ovqatiga masʼul. Bolaga beriladigan ovqat taʼmidagi kichik belgi ham taomning zararli yoki zararsizligini, deylik, aynigan, achigan, zaharlanganini bilishga yordam beradi. Ayollardagi taʼm bilish sezgisining erkaklarnikidan kuchliroqligi ularning bola katta qilishi bilan bogʻliq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ayollar chindan ham taʼmni erkaklardan koʻra yaxshiroq sezadimi?