06:32 / 30.03.2019
7 008

Munajjimlar bashorati: 30 mart kuni Sizga yulduzlar nimalarni vaʼda qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 30 mart kuni Sizga yulduzlar nimalarni vaʼda qilmoqda?
Bugun sizga ancha vaqtlardan beri tinchlik bermay kelgan bir sirning misi chiqadi. Ajab emaski, shuning bilan tinchlansangiz. Moliyaviy muammolaringiz chigallashib ketgan. Ularni bartaraf etishning oʻzi boʻlmaydi. Demak, qoʻlingizdagi bor pullarni tejab ishlatishingiz talab etiladi. Shaxsiy hayotingizda roʻbaroʻ keladigan toʻsiqlarni qarindoshlar koʻmagidagina yengib oʻta olasiz. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Bugun kun davomida kaloriyasi koʻp taomlarni kamroq isteʼmol qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
30 mart kuni professional kasbingiz bilan bogʻliq ishingiz doirasida kimdir sizga hamrohlik taklif etadi. Bu hamkasblar bilan munosabatlaringizni va moddiy ahvolingizni yanada yaxshilaydi. Mayda-chuyda narsalarga pul sarflamang. Bankdan kredit olishni moʻljallab qoʻygan boʻlsangiz, shoshiling. Kredit sizga roʻzgʻor uchun eng zarur buyumlar sotib olishda asqotadi. Oʻzingizni ehtiyot qiling. Toʻgʻri ovqatlaning.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun kunning birinchi yarmida xarajatlaringiz koʻpaygandan koʻpayishi kutilmoqda. Yana kimgadir ishonchingiz yoʻqolishi kayfiyatingizni bir pul qilishi mumkin. Oʻzingizni qoʻlga oling. Hayot davom etmoqda. Kechki payt asosiy eʼtiborni salomatligingizni mustahkamlash va roʻzgʻor yumushlarini ado etishga qaratsangiz, foydadan xoli boʻlmaydi. Miyangizga oʻrlay boshlagan barcha yomon xayollarni haydab soling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
30 martda sergak torting-u, yangi ishlarni amalga oshirish harakatiga tushing. Faolligingiz bugun barchaning olqishlariga sababchi boʻladi. Shuning uchun tezroq ishga tushishingiz tavsiya etiladi. Shaxsiy muammolarni bartaraf etishda eʼtiborli boʻling. Juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz bilan munosabatlaringiz sovuq tortgan boʻlsa, aybni oʻzingizdan ham qidiring. Negaki, qarsak ikki qoʻldan chiqadi. Kechqurun yoqimli xabarlar eshitasiz. Toza havoda sayr qilishni unutmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Vujudingiz ertalabdayoq kuchga toʻlib-toshadi. Demak, har qanday ogʻir ishni ham sira qiynalmasdan doʻndirib qoʻya olasiz. Asosiysi, boshlagan ishni yarim yoʻlda tashlab ketmasangiz bas. Juftingiz yoki boʻlgʻusi juftingiz bilan munosabatlarni yanada mustahkamlab borishga intiling. Moliyaviy ahvolingiz yaxshi emas. Uni yaxshilash uchun qaysarlik va xudbinlarcha harakatlar talab etiladi. Tejamkor boʻling. Boʻlar-boʻlmasga pul ishlatmang. Salomatligingiz yomonlashsa, vrach qabuliga kiring.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
30 mart kuni choʻzilib ketgan, intihosi koʻrina qolmayotgan ishlarni chetga suring va tez fursatda daromad keltirishi mumkin boʻlgan yumushlar bilan band boʻling. Ijod kishilarini bugun tanishlar, doʻstlar, hamkasblar qarshisida bir pogʻona yuqorilash baxti kutib turadi. Ha, martabangiz ortadi. Siz bitgan asarlarni sizdan-da tajribaliroq shaxslar ham tan olishiga guvoh boʻlasiz. Kechqurun ayrimlar xizmat safariga joʻnab ketishi mumkin. Surunkali xastalikka yoʻliqqanlar oʻzlarini ehtiyot qilsinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Bugun faqat sinalgan yoʻllar boʻylab harakatlaning. Sinalmagan yoʻllar sizni adashtirishi, jiddiy xatoliklarga yoʻl qoʻyishga majbur etishi mumkin. Ayniqsa, shaxsiy biznesingizga ega boʻlsangiz, shu narsa siz uchun juda zarur. Moddiy ahvolingiz havas qiladigan darajada boʻlmasligi ehtimolga yaqin. Zahira pullardan foydalanishga majbursiz. Oilasizlar muhabbatda omadga erishishadi. Oʻzingizni ehtiyotlang.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Kuningiz jismoniy bosimlardan iborat boʻladi. Qogʻozbozlik, muhim hujjatlar bilan ishlash, kelishuvlarga shoshilish tadbirkorlarni holdan toydirishi mumkin. Ammo intihosi quvonchli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida doʻstlardan birining hojatini chiqarishingizga toʻgʻri keladi. Kechki payt salomatligingiz haqida jiddiy qaygʻurishingiz kerak boʻladi. Yaqin oʻtmishdan qolgan ayrim jarohatlar qaytalanishi mumkin.

OʻQOTAR (23. 11 — 21. 12)
30 martda olis safarga otlanishdan saqlaning. Safar sizga hech qanday yaxshilik olib kelmaydi. Undan koʻra yashab turgan uyingizni qayta taʼmirlash, roʻzgʻor uchun jihozlar sotib olishga eʼtibor qarating. Puldan xavotir olmasangiz ham boʻladi. Pulingiz yetarlidan-da koʻproq. Organizmni zararli moddalardan, miyangizni yoqimsiz xayollardan yoga xalos eta oladi. Kechqurun ovqatlanish rejimiga amal qiling. Meʼyorlarni unutib qoʻymang. Bugun kechasi uxlab koʻradigan tushingiz oʻngidan kelishi mumkin.

TOGʻ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
Birinchi navbatda yoningizdagi zahira pullarga nisbatan yanada tejamkor munosabatda boʻling. Xarajatlaringiz koʻpayib ketgan, ammo daromad kelishi juda sust. Bahor oylarida vitaminlar ichishingiz zarur. Ularga ham pul kerak. Toʻgʻri emasmi? Jismoniy holatingizni ham eʼtibordan chetda qoldirmang. Imkon topsangiz, basseynga yoki sportzalga boring. Suzish va sport bilan shugʻullanish organizmingiz uchun faqat foyda keltiradi.

QOVGʻA (21. 01 — 19. 02)
30 mart kuni negadir oʻzingizga boʻlgan ishonch soʻna borishini his etasiz. Arzimagan mayda koʻngilsizlik tufayli ham qoʻrqa-pisa ortga chekina boshlaysiz. Toʻgʻri, asablaringiz charchagan boʻlishi mumkin. Ammo bu barcha ishlarni tashlab keting degani emas. Xususiy mulk yoki avtomobil sotib olishni moʻljallagan boʻlsangiz, bu ishni keyinga surib turing. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ayrim doʻstlarimizning xonadoniga kechqurun mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Mehnat taʼtiliga chiqqan boʻlsangiz, jomadonni toʻldirib, sayohatga otlansangiz ham boʻladi. Albatta, bunga imkon boʻlsa. Boʻlmasa, mehnat taʼtili davomida televizor qarshisida oʻtirishga majbur boʻlasiz. Muhabbatda oilasizlar qiziqarli bir hodisani boshdan oʻtkazishlari kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida moddiy ahvolingizni yaxshilash harakatiga tushing. Aks holda inqirozga yuz tutishingiz hech gap emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 30 mart kuni Sizga yulduzlar nimalarni vaʼda qilmoqda?