22:39 / 02.04.2019
8 296

Qiyomatda nursiz qoladigan ayol

Qiyomatda nursiz qoladigan ayol
Maymuna binti Saʼd roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Oʻz ahlidan boshqa uchun ziynatga oʻta boshlagan ayol qiyomat kunidagi zulmatga oʻxshaydi. Uning nuri yoʻq”, dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Sharh: Moʻmina-muslima ayol oʻz ahli uchun, eri uchun zebu ziynat qiladi. Bu maʼnoda imkonidagi barcha bor narsani ishga solib, yasan-tusan qilsa, hech aybi yoʻq. Shariatda ayollarni shunga targʻib etilgan.

Ammo moʻmina-muslima ayol oʻz ahlidan boshqaga chiroyli koʻrinish maqsadida yasanishi va ziynatlanishi mumkin emas. Bu begona erkaklarga koʻrinish uchun boʻlsa, qiyomat kuni uning zulmatiga aylanadi. Garchi bu dunyoda yaltirab koʻrinish boʻlsa ham, oxiratda teskarisiga aylanadi.

Bu holatni koʻrgan begona erkakning koʻngli buzilishi, ayolga gap otishi, hatto ishqibozlik qilishi mumkin. Dunyodagi bemaʼnigarchilik, zino va fahsh ishlarning asosi shunda ekanligi bugun hech kimga sir emas. Agar koʻchada yasangan ayolni koʻrgan odam yomon ishga oʻtmagan chogʻida ham uyiga kelib, oʻz xotinini koʻrib haligi yasangan ayoldan past tutsa, undan koʻngli qolishi, orada kelishmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.

Qolaversa, yasan-tusan qilib, zebu ziynatini koʻz-koʻz qilib yurgan ayollarni koʻrib, boshqa ayollarning ham koʻngli buzilishi tabiiy. Ular ham oʻsha ayolga oʻxshab yurgisi, u kiygan kiyimlarni kiygisi, taqqan taqinchoqlarni taqqisi keladi. Uyiga kelib, eri bilan falonchi xohlagan joyiga borib yuribdi, nima uchun men bormas ekanman, deyishi, oʻsha ayolning kiyimidan va taqinchoqlaridan menga ham olib berasan, deb janjal qilishi turgan gap. Hayotimizdagi koʻpgina oilaviy mojarolar ayni shu sababli kelib chiqayotgani ham bor gap.

Shuning uchun ham hojat yuzasidan koʻchaga chiqishi kerak boʻlsa, muslima ayol ehtishom bilan, oʻzini saqlagan holda, zebu ziynat, yasan-tusan qilmay, sodda va sharʼan kiyinib, begonalarni oʻziga jalb qilmaydigan boʻlib borib kelishi lozim.
“Hadis va hayot” kitobidan

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qiyomatda nursiz qoladigan ayol