09:30 / 03.04.2019
3 040

“Pora berganimdan pushaymonman...”

“Pora berganimdan pushaymonman...”
— Davlat idoralarining biriga murojaat qilganimda masʼul shaxs ishimni tezda bitirib berish uchun pul soʻradi. Oʻsha payt shoshganim uchun va boshqa chora topolmaganimdan uning taklifini qabul qildim. Ammo endi pora berganimdan pushaymonman. Bu haqda tegishli organlarga xabar bermoqchi edim, lekin yaqinlarim oʻzimni ham javobgarlikka tortishlarini aytib, maqsadimdan qaytarishdi. Ayting-chi, boʻlib oʻtgan voqea haqida xabar bersam, meni ham javobgarlikka tortishadimi?
Maʼruf ALIYEV.
Toshkent shahri.

Yoqutxon HAYDAROVA,
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudi raisi:
— Jinoyat kodeksining 211-moddasiga koʻra, pora berish, yaʼni qonunga xilof ekanini bilaturib bevosita yoki vositachi orqali mansabdor shaxslarga oʻz manfaatini koʻzlab, moddiy mablagʻ berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish qonunan taqiqlanadi. Bunday shaxslar eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ammo Kodeksning ayni shu moddasida shaxsga nisbatan pora soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda oʻttiz sutka mobaynida oʻz ixtiyori bilan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga arz qilsa, chin koʻngildan pushaymon boʻlib, jinoyatni ochishda faol yordam bersa, u javobgarlikdan ozod etilishi belgilangan. Demak, siz tegishli organga shu muddat ichida murojaat qilsangiz, javobgarlikka tortilmaysiz.

Manba: mahalladosh.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » “Pora berganimdan pushaymonman...”