Bilagingizdagi chiziqlarning soniga hech eʼtibor berganmisiz? Agarda ular soni 4 ta boʻlsa, siz bu dunyodagi eng baxtli inson ekanligingizni bilasizmi?! Buni aniqlashtirish uchun esa sizga quyida ajoyib maʼlumotni taqdim etamiz. Bilagingizdagi chiziqlar soniga qarab oʻzingiz haqingizda maʼlumotga ega boʻling!
Sogʻlik chizigʻi. Bu sogʻligingizdan darak beruvchi eng muhim chiziq. Agarda bu chiziq tutashgan boʻlsa, demak sogʻligingiz havas qiladigan darajada. Sizni deyarli hech narsa bezovta qilmaydi. Aksincha uzilib qolgan boʻlsa, salomatligingizga eʼtibor qarating.
Omad chiziqlari. Bilagingizdagi bu ikki qator chiziq sizning qanchalik darajada omadli ekanligingizni koʻrsatadi. Agarda chiziqlar tekis boʻlsa, siz maqsadi sari intilayotgan qatʼiyatli inson ekanligingizdan darak. Aksincha, chiziqlar notekis boʻlsa, siz oʻzingizga ishonmaymiz. Sizda har narsadan shubhalanish hissi yuqori.
Taʼsir koʻrsatish chizigʻi. Bilagida uchta chizigʻi bor insonlar kam uchraydi. Demak, siz ham mana shunday insonlar toifasidan! Ular sizning tugʻma rahbarlik qobiliyatingiz borligidan maʼlumot beradi. Siz hattoki oʻz taqdirini oʻzgartira oladigan eng kuchli odamsiz.
Kuch-quvvat chiziqlari. Hayotimizda bilagida 4 ta chizigʻi bor insonlarni onda-sonda bir uchratsak kerak. Bunday kishilar baxtli va omadli boʻlishadi. Agarda sizning ham bilagingizda mana shunday 4 chiziq boʻlsa, siz ham baxtli insonlar safidasiz!
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi