Munajjimlar bashorati: 6 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

  • 05 aprel 2019, 21:04
  • 1 438
  • Hayot tarzi
  • Munajjimlar bashorati: 6 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
    QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
    Bugun ertalabdayoq vujudingiz kuch-quvvatga to‘lib toshadi. Asosiysi, bu kuchni kerakli yo‘nalishga yubora olsangiz bas. Ayniqsa, shaxsiy hayotingizda kuch va imkoniyatlar juda kerak bo‘ladi. Eng muhim masalalarni hal etishdan oldin tafakkuringizni ishga soling. Qalbingizga quloq tuting. Moliyaviy masalada tejamkor bo‘ling. Pullaringiz so‘ngsiz emas. Basharti xaridlar uchun do‘kon aylansangiz, ishtahangizni majburan bo‘lsa-da bo‘g‘ib qo‘ying. Busiz ezgu maqsadlarga yetishingiz mushkul bo‘ladi.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
    6 aprelda ishni mayda muammolarga hujum uyushtirishdan boshlaysiz. Muammolaringiz ham yetarlidan-da ko‘proq. Shuning uchun o‘zingizni qo‘lga olib, sergaklik bilan ish yuriting. Oilasizlar muhabbat bobida bir muammoni zudlik bilan bartaraf etishlari zarur bo‘ladi. Tilingizga ehtiyot bo‘ling. Bo‘lg‘usi juftingiz bilan bo‘lib o‘tadigan jiddiy suhbatga tayyor turing. Emotsiyani qat’iy jilovda ushlang. U sizga xalal berishdan boshqasiga yaramaydi.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
    Ko‘ngilsizliklar ko‘ndalang turganda o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaslik, mag‘lubiyat alamini totmaslik uchun bir necha o‘n qadam oldinga boqing. Aslo ortga nazar tashlay ko‘rmang. Ishga ijodiy yondashish bugun sizga omad keltiradi. Lekin moliyaviy masalada juda ehtiyot bo‘ling. Tadbirkor bo‘lsangiz, kun davomida yangi hamkorlarni o‘z tomoningizga og‘dirish payida bo‘ling. Salomatligingizni asrang. Asabni ehtiyot qiling. Mazangiz bo‘lmasa, xalqona usullar yordamida davolanishga urinmang.

    QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
    6 aprel kuni tashqaridan turib ayrim shaxslar sizni ko‘ngilsizliklar girdobiga tashlash harakatiga tushishlari mumkin. Ish joyingizda esa jamoaviy ish yuritish usulini qo‘llang. Hamkasblardan ajralib qolishni xayolingizga ham keltirmang. Agar oilasizlar o‘zlarini yaxshi tuta olmasalar, muhabbatda jiddiy ko‘ngilsizlikka duch kelishlari tayin. Tafakkurga quloq tutgan holda ish yuriting. Emotsiyaga quloq tutib qolmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling. To‘g‘ri ovqatlaning.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)
    Shaxsiy hayotingizda baxtli lahzalar mo‘l bo‘ladi. O‘zingizni xuddi ertaklar olamiga kirib qolgandek tuta boshlaysiz. Muhabbatda omadingiz kuladi. Faqat sergak bo‘ling. Kutilmaganda bilib-bilmay tilga ko‘chirilgan bir noto‘g‘ri gap barchasini yo‘qqa chiqarishi hech gap emas. Pul bilan bog‘liq muammolarni hal etishda hayotiy tajribangizga suyanishingiz talab etiladi. Oila a’zolaringizni ranjitib qo‘yishdan saqlaning.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
    6 aprelda tadbirkorlar yangi hamfikrlar topib, ular bilan birgalikda yangi ishlarga qo‘l urishlari kerak bo‘ladi. Bu sohada ishlaringiz albatta baroridan keladi. Ish joyingizda martabangizni yuqori cho‘qqilarga olib chiqish haqida hozircha o‘ylamaganingiz ma’qul. Hali vaqti yetmadi. Bekorga ko‘z tekkani qoladi. Oilangizdagilarning kayfiyati qanday bo‘lishi sizga bog‘liq bo‘lib turibdi. O‘zingizni xotirjam tuting. Ular bilan mayin va muloyim munosabatda bo‘ling.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)
    Bugun ham ruhan, ham jismonan a’lo darajada bo‘lasiz. Borlig‘ingizni qurshab turgan kuch va imkoniyatlar yordamida ishxonadagi ishlarni, shaxsiy hayotdagi muammolarni o‘ynab-kulib bartaraf etasiz. Hamkasblar bilan bahslashish, janjallashishni xayolingizga ham keltirmang. Ro‘zg‘ordagi muammolarni tez fursatda ijobiy hal etish harakatiga tushing. Agar shaxsiy avtomobilingizda olis safarga otlanishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, bu fikringizdan qayting.

    ChAYОN (24. 10 — 22. 11)
    6 aprel kuni nima ish qilmang, me’yorni biling. Hatto, iste’dodingizni, agar bo‘lsa, boyliklaringizni kimlargadir namoyish etishni xohlasangiz ham, baribir chegaradan chiqib ketmasligingiz talab etiladi. To‘g‘ri, iste’dodingizga gap yo‘q. Ammo uni keng omma qarshisida namoyish etish uchun hali fursat yetmadi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda do‘stlar va yaqin tanishlar yordamidan unumli foydalanishga harakat qiling. Ayniqsa, ro‘zg‘oringiz masalasida ularning qimmatli maslahatlari juda kerak bo‘ladi.

    O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
    Shaxsiy hayotingizda jiddiy muammolarga ko‘ndalang bo‘lishingiz kutilmoqda. Tadbirkor bo‘lsangiz, hamkorlar bilan uchrashuvlar, kelishuvlarni ham chetga surib, shaxsiy muammolarni hal etishga tushib ketasiz. Suygan insoningizning qalbiga chuqurroq kirib borish niyatingiz bo‘lsa, bu niyatingizdan voz keching. Aks holda garmoniyadan mahrum bo‘lasiz. Iblis yetagiga tushib qolasiz. Kechqurun g‘iybat, tuhmatga qolishdan saqlaning. O‘zingizni ehtiyot qiling. To‘g‘ri ovqatlaning.

    TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
    6 aprelda avvalo o‘zingizni o‘zingiz nazoratdan o‘tkazib olishni unutmang. Toki yo‘l-yo‘lakay xato qilib qo‘ysangiz, o‘zgalarni ayblamang. Olis kelajak rejalar tuzishdan saqlaning. Muhabbatda ezgu maqsadlar hamda pok niyatlaringiz albatta sizga hamroh bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida bel, oshqozon va bo‘g‘imlarda jiddiy og‘riqlar paydo bo‘lishi ehtimolga yaqin. Malakali vrach qabuliga kiring va muammoni joyida bartaraf qiling.

    QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
    Bugun nafaqat organizmingizni, balki umumiy ahvolingizni ham toblashga harakat qiling. Ayniqsa, iroda kuchingizni ko‘zdan o‘tkazing. Immunial tizimingiz ham nazoratingiz ostida bo‘lishi kerak. Vitaminlar iching, ertalablari kontrast dush qabul qiling va albatta faol hayot tarzini yuriting. Tashqi ko‘rinishingizda yuzaga keladigan tanaffuslar ham sizning foydangizga ishlaydi, ishoning. Salomatlikni birinchi navbatda asrang.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)
    6 aprel kuni ishdan, tashqi ko‘rinishingizdan ko‘nglingiz to‘lmayotgan bo‘lsa, darhol ularga jiddiy o‘zgartish kiritish payiga tushing. Shaxsiyatingizga ham ko‘z tashlang. Ish joyingizda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Lekin moliyaviy masalada jiddiy nazorat zarur bo‘ladi. Qalbingiz ko‘rsatgan yo‘ldan boring. Chetga chiqish fikridan yiroq bo‘ling. Oyoq og‘rig‘i, varikozdan bezovtalanayotgan bo‘lsangiz, chorasini toping.

    » » Munajjimlar bashorati: 6 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?