Kiyimlarimizni qanday kiyish bilan bog‘liq 14 qoida (foto)

  • 06 aprel 2019, 12:38
  • 1 131
  • Hayot tarzi
  • Kiyimlarimizni qanday kiyish bilan bog‘liq 14 qoida (foto)
    "Kiygan libosingiz o‘zingizga yarashmagan yoki egningizda chiroyli turmagan bo‘lsa, buni yoningizdagi odam sezadi" - deydi Coco Shanel. Bugun yangi ishga kirish istagi bn uchrashuv belgilagansiz. U yerga albatta yaxshi kiyinib borish kerak. Agarda kiygan libosingiz sizda noqulaylik tug‘dirsa bu ham asabiylashishingizga, ham ishingiz yurishmasligiga olib keladi. AdMe.ru har doimgidek biz e’tibor bermaydigan oddiy qoidalarning fotojamlanmasini havola etdi.
    1. Kastyumning o‘rta tugmasi har doim o‘tkaziladi, yuqori tugma ixtiyoriy, pastkisi esa hech qachon o‘tkazilmaydi.

    2. Kofta yoki bluzkangizning faqat yuqoridagi 2 ta tugmasini o‘tkazmasligingiz mumkin.

    3. Taqinchoqlaringizni hammasini taqib olmang! Kiyimingiz bilan sepochka va uzugingizni taqing yoki aksincha ziraklar va brasletingizni taqing. Xuddi rasmdagidek...

    4. Galstuk remenning ustiga ozgina tushib turishi kerak.

    5. Ko‘ylak uzun bo‘lsa yoqasi ochiq bo‘lishi mumkin. Agarda kalta bo‘lsa yoqa qismi yopiq bo‘lishiga e’tibor bering.

    6. Agarda kastyumsiz ko‘ylak kiysangiz, galstuk shart emas.

    7. Ishga kiyadigan bluzkangizning yoqasi 10 smdan ochiq bo‘lmasligi kerak.

    8. Shim bilan ko‘ylak kiysangiz, albatta remen taqing.

    9. Jinsi va kalta kardigan orasidan tanangiz ko‘rinib turmasligi kerak. Albatta kardigan ostidan nimadir kiying.

    10. Remeningiz rangi tuflingiz rangi bilan bir xil bo‘lishiga e’tibor bering.

    11. Kiyimlardagi birkalar olib tashlanadi.

    12. Kiyimlaringizdagi naqshlar, gullar, suratlarning rangini uyg‘unlashtirishga harakat qiling.

    13. Paypoqlaringiz iloji boricha uzun bo‘lsin. Bu o‘tirganda noqulaylik keltirib chiqarmaydi.

    14. Ishga kiyiladigan yengsiz bluzkalarning yelkasi yopiq bo‘lishi kerak. Rasmiy muhitda Lyamki-«spagetti»larga ruxsat berilmaydi.


    » » Kiyimlarimizni qanday kiyish bilan bog‘liq 14 qoida (foto)