17:15 / 06.04.2019
4 921

Odam ajal yoqasida turgan paytda nimani his qiladi?

Odam ajal yoqasida turgan paytda nimani his qiladi?
Avstraliyadagi Vullongong universiteti olimlari odam ajal yoqasida turgan payt nimani his etishini aniqlash masalasida izlanishlar olib borishdi deb yozadi "Hordiq" nashri.
Maqsad bitta bo‘ldi. Odam o‘lish arafasida nimani his etadi? Og‘riqlarni seza oladimi?

Buning uchun yuzlab og‘ir xastalar, bir necha kungina umri qolgan ko‘ngillilar taklif etildi. Ular orasida so‘rovnoma o‘tkazilganda, ishtirokchilarning 85 foizi og‘riqni his etmayotganini bayon qildi. 13 foiz odam esa vujudida kuchli stress va holsizlanish holati paydo bo‘lganini aytdi. 7 foiz ishtirokchi ishtahasi keskin yo‘qolganini ma’lum qildi.

Barcha so‘rovnoma javoblarini tahlil qilib, olimlar bir to‘xtamga keldi. Ya’ni, o‘lim yoqasida turgan bemor og‘riqni his etmaydi. Xotirjam tortadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Odam ajal yoqasida turgan paytda nimani his qiladi?