14:47 / 07.04.2019
6 419

Nega tabassum qilish sadaqa?

Nega tabassum qilish sadaqa?
“Birodaringning yuziga tabassum bilan boqishing ham sadaqadir”. Buni Rasululloh sollalohu alayhi va sallam aytganlar. Xo‘sh, nega shunday?

Olimlar tabassumning boshqalarga ta’sirni tekshirib ko‘rishdi. Ma’lum bo‘lishicha, tabassum o‘zida kuchli ma’lumotlarni jamlar ekan. U insonning botiniy aqliga ta’sir o‘tkaza oladi.

Olimlarning anqilashicha, har bir insonning o‘ziga xos tabassumi bo‘ladi. Boshqa birovning tabassumi unikiga o‘xshamaydi. Shuningdek, har bir tabassum o‘zida turli ta’sirni mujassamlashtiradi. Mutaxassislar insonlar tabassumlarini tasvirga olib, uning sekinlashtirib tadqiqot o‘tkazdilar. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, tabassum bilan birga yuzning o‘ziga xos harakatlari va har bir insonning o‘zida tabassumning bir necha xillari bor. Bunda kishining ruhiy holati, yashayotgan muhiti, atrofidagi kishilarning ta’siri mavjud.

Tabassum bir necha sabablarga binoan boshqalarga sadaqa ulashadi:

Tabassum bilan boshqalar qalbiga surur bag‘ishlash mumkin. Bu beriladigan tortiqning eng afzali hisoblanadi. Tadqiqotlarda tasdiqlanishicha, inson ovqat yoki ichimlikdan ko‘ra, xursandchilik va quvonchga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Tabassum ko‘plab kasalliklarning, xususan, qalbdagi og‘riqlarning davosidir.

Tabassum boshqalarga ma’lumotni osonlik bilan yetkazadi. Chunki u orqali yetkazilgan so‘zlarning miyaga ta’siri ko‘proq bo‘ladi. Agar tomografiya qilib ko‘rilsa, bu yaqqol namoyon bo‘ladi. Yetkazilayotgan ma’noga tabassum hamroh bo‘lsa, uning ta’siri farqli bo‘ladi. Shuningdek, tabassum bilan yetkazilgan ma’lumot tabassumning turiga qarab miyaga ta’sir qilish o‘rni turli xil bo‘ladi.

Latif bir tabassum ma’lum bir vaziyatdagi keskinlikni tarqatib yuborish kuchiga ega. Buni mol-dunyo sarflab eplay olish mushkul hisoblanadi. Shuning uchun ham tabassum boylikdan afzal, shuning uchun ham tabassum sadaqa deyilgan.

Tabassum shifodir. Ko‘plab doktorlarning kuzatuvlari tabassumning kasallikdan tuzalishda alohida o‘rni borligini tasdiqladi. Ular tabassum kasallikdan forig‘ bo‘lishda yordam berishini e’tirof etishdi. Demak, biz hadya etgan tabassum kimningdir darddan qutilishga yordam berar ekan.

Shu va boshqa sabablarga ko‘ra tabassum sadaqaning bir turi hisoblanadi. Muhtaram o‘quvchi, nega rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Birodaringning yuziga tabassum bilan boqishing ham sadaqadir”, deganlarini endi angladingizmi?.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nega tabassum qilish sadaqa?