Munajjimlar bashorati: 9 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?

  • 08 aprel 2019, 21:51
  • 1 618
  • Hayot tarzi
  • Munajjimlar bashorati: 9 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?
    QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
    9 aprelda prinsiplar va odatlarni o‘zgartirgan holda yangi hayot sari talpining. Ishda qaror chiqarishni tezkor usullarda amalga oshiring. Shunda muvaffaqiyat sizniki bo‘ladi. Agar suyukli insoningiz bilan janjallashgan bo‘lsangiz, bugun yarashish uchun qulay imkoniyat tug‘iladi. Faqat yarashish amalini ochiq, chin ko‘ngildan tashkil eting. Kechqurun kutilmagan sovg‘alar va romantika faqat sizniki bo‘ladi. Salomatlikni asrang. Asabni ehtiyot qiling.

    BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
    Bugun orzuingizdagi ishlar bilangina shug‘ullanishingiz tavsiya etiladi. Bo‘lmag‘ur xayollar, keraksiz muammolar bilan o‘ralashib qolishdan saqlaning. Suyganingizga quruqdan-quruq va’da berishdan tiyiling. Oqibati yaxshi bo‘lmaydi. Salomatligingizning qay holatda bo‘lishi ham o‘zingizga bog‘liq. Shamollagan bo‘lsangiz-u, hali to‘liq tuzalmagan chiqsangiz, zudlik bilan muolajalarni davom ettiring. Xastalik surunkaliga o‘tib qolishiga yo‘l qo‘ymang. Ehtiyot bo‘ling.

    EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
    9 aprel kuni omad faqat sabrli odamlargagina nasib etishiga o‘zingiz amalda guvoh bo‘lasiz. O‘tgan oyda adog‘iga yetmagan ishlarni bugun yakunlab, daromadini olganingizda, xalq tarafidan aytilgan o‘sha hikmat qanchalar to‘g‘riligiga amin bo‘lasiz. Barcha yangiliklar, muvaffaqiyatlar alohida bardosh, bilim va romantiklikni talab qiladi. Moliyaviy sohada ham bugun sizga omad kulib boqadi. Faqat pullarni ehtiyotlab ishlating. O‘zingizga yaxshi bo‘ladi.

    QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
    Kuningiz mushkul kechishi kutilmoqda. Adolatsizlik ta’qibida qolishingiz mumkin. Shubhasiz, o‘zingiz ham aybdorsiz. Bilib-bilmay xatoliklarga yo‘l qo‘yasiz. Bugun har qanday og‘irlik va hajmdagi ish sizga faqat foyda keltiradi. Faqat daromadini keyinroq olishingizga to‘g‘ri keladi. Ayollar, qizlar bugun kunning ikkinchi yarmida kosmetolog va stilist qabuliga chiqib kelsalar ham foydadan xoli bo‘lmaydi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ko‘proq vaqt piyoda kezing.

    ARSLON (24. 07 — 23. 08)
    9 aprelda oldingizga aniq va ezgu maqsadlarni qo‘ygan holda yirik loyihalarga qo‘l uraversangiz yarashadi. Tashabbuskorlik va tajriba, intiluvchanlik natijasida moliyaviy muammolarni to‘liq o‘z foydangizga hal etasiz. Shaxsiy biznesiga ega do‘stlarimiz bugun boshqa kunlardagiga nisbatan kamroq daromad ko‘rishlari kutiladi. Lekin bunda raqobatchilarni ayblamang. Taqdir taqozosiga yo‘ying-u, vassalom. Salomatlikni ham e’tibordan chetda qo‘ymasligingiz talab etiladi.

    PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
    Ayrim rejalaringiz amalga oshmasa, darrov ruhiy tushkunlikka berilmang. Aksincha bu muvaffaqiyatsizliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga harakat qiling. Ro‘zg‘or bilan bog‘liq muammolar esa aksincha muvaffaqiyatli bartaraf etiladi. Siyosat, pedagogika va huquqshunoslik bilan shug‘ullanuvchilar bugun martabasi oshishidan umid qilmasalar ham bo‘ladi. Kechqurun oila qurmaganlar romantik uchrashuvni boshdan kechirishadi.

    TAROZI (24. 09 — 23. 10)
    9 aprel kuni o‘z zimmangizdagi vazifalarni astoydil bel bog‘lagan holda ado etishga kirishasiz. Ishdagi unum sizning xuddi shu harakatlaringiz va intilishingiz bilan bog‘liq bo‘ladi. Oila qurmaganlar muhabbatda e’tiborni oshirishlari kerak. Agar qayerdadir bir inson bilan tanishib qolsangiz va unga nisbatan yuragingiz jiz etsa, maqsadga o‘tishdan oldin bu insonning qandayligi bilan qiziqing. Uni yaxshilab o‘rganing.

    ChAYОN (24. 10 — 22. 11)
    Gap moliya hamda martaba ustida boradigan bo‘lsa, tafakkurga suyanishingiz kerak bo‘ladi. Bu masalalarda aniqlik juda zarur. Shaxsiy hayotda juftingizni zinhor tanqid ostiga ola ko‘rmang. Orangizda janjal kelib chiqishi mumkin. Xo‘jalik va xususiy mulk bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishda yaratuvchanlik, tezkorlik talab etiladi. Kechqurun to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor qarating. Miyangizga yomon xayollar o‘rlay boshlasa, sevimli xobbingiz bilan vaqt o‘tkazing.

    O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
    9 aprelda hayotingizda, ish joyingizda sodir bo‘ladigan har bir voqea-hodisaga kuchli diqqat va e’tibor bilan yondashishingiz kerak. Xudo sizga sinovlarni yuborsa, bardoshli bo‘ling. Faollikni ham qo‘ldan bermang. Oilaviy hayotingizda bugun yorqin tanaffuslar yuzaga kelishi kutiladi. Kunning ikkinchi yarmida ro‘zg‘ordagi vazifangizni a’lo darajada bajarish, uy oldi-sotdisi yoki ta’miri bilan shug‘ullanish imkoniga ega bo‘lasiz.

    TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
    Bugun ortiqcha gap-so‘zlarsiz, munozaralarsiz yashashga harakat qiling. Zimmangizga yuklangan vazifani bajaring va tamom. Qolgan narsalarni keyingi kunlarga qoldirsangiz ham ziyon ko‘rmaysiz. Aqliy mehnat kishilari bugun jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchilarga qaraganda ko‘proq daromad ko‘rishlari mumkin. Kechki payt do‘kon aylanib, ayrim xaridlarni amalga oshiring. Lekin qimmatbaho buyumlarni sotib olishingizga hali erta ekanini ham unutmang.

    QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
    9 aprel kuni ertalabdanoq ro‘zg‘or tashvishlariga berilib ketsangiz, asosiy ishlarni bajarishga kuchingiz qolmasligi mumkin. Shuning uchun har bir harakatni puxta reja asosida sodir etishga harakat qiling. Oila qurmagan bo‘lsangiz, muhabbatda ham aqlni ishlatgan holda ish ko‘ring. O‘zingizga bo‘lgan ishonch, bardosh bu masalada sizga katta yordam beradi. Kechqurun ayrimlar yaqin manzilga safar qiladi. Safar sizga moddiy manfaat olib keladi.

    BALIQ (20. 02 — 20. 03)
    Texnik masalalarda iste’dodingizni barchaga namoyish etish payti yetdi. Faqat bu ishni bosqichma-bosqich amalga oshiring. Birdaniga harakat boshlasangiz, xatoga yo‘l qo‘yishingiz mumkin. Zahira pulingizni ko‘paytirsangiz ko‘paytiring, lekin kamaytirmang. Ayollar va qizlar tashqi ko‘rinishiga alohida e’tibor qaratishlari kerak. Sochlarni o‘zingizga yoqqan rangga bo‘yang, garderobingizni yangi kiyim bilan boyiting.

    » » Munajjimlar bashorati: 9 aprel kuni Sizga yulduzlar nimalarni va’da qilmoqda?